SAYYOR SOLIQ TEKSHIRUVI O'TKAZISHDA SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI KENGAYTIRILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan ayrim qarorlarga quyidagi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi:
Sayyor soliq tekshiruvini o'tkazishda soliq organlari mansabdor shaхslarining huquqlari kengaytirildi.
Xususan, endi ular quyidagilarga haqli:
Tadbirkorlik sub'yektlarini хabardor qilmasdan, lekin tekshiruv o'tkaziladigan kunda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Prezident vakilini albatta хabardor qilgan holda qalbakilashtirish va kontrafakt holatlarini, shuningdek majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo'lgan mahsulotni markirovka qilish qoidalari buzilishini tekshirish.
Sayyor soliq tekshiruvi o'tkazish uchun asos bo'ladigan yana bir holat qo'shimcha qilindi. Bunday holat soliq inspektorlari o'z vazifalarini bajarish chog'ida majburiy raqamli markirovkalash lozim bo'lgan qalbaki va kontrafakt mahsulotni, shuningdek marki-rovkalash qoidalari buzilganligini aniqlash hisoblanadi.
J.Xolnazarov,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15

Kontrafakt mahsulotlardan ehtiyot bo'ling!
- 10 авг, 13:39

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

SAYLOV KODEKSIGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILDI
- 13 июн, 15:36