Sport "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" G'OLIBLARI

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan "Besh tashabbus olimpidasi" bugungi kunda yoshlarimiz o'rtasida keng quloch yoymoqda. Ayniqsa, maktab o'quvchilarining darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda bu borada olib borilayotgan ibratli tadbirlarni alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, "Besh tashabbus olimpiadasi"ning maktab bosqichini uyushqoqlik bilan o'tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham bizning 42-maktabimizda ushbu olimpiadaning maktab bosqichida barcha sinflar faol qatnashib, g'olib o'quvchilarimiz tuman bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritishgan edi.
Olimpiadaning tuman bosqichida ham maktabimiz o'quvchilari sportning 6 ta turi bo'yicha faol ishtirok etishib, quvonchli yutuqlarni qo'lga kiritishdi. Jumladan, maktabimiz o'quvchilaridan Mehribon Abdullayeva sportning yengil atletika turining 60 metrga yugurish bo'yicha tuman miqyosida faxrli 3-o'rinni egallagan bo'lsa, shashka musobaqasi bo'yicha Ramazon Sheraliyev faxrli 1-o'rinni olishga sazovor bo'lib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Tuman miqyosida g'oliblikni qo'lga kiritgan Ramazon Sheraliyevni ushbu yutuq bilan muborakbod etib, unga ushbu musobaqaning viloyat bosqichida ham faol ishtirok etishiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.
Nafisa YUSUPOVA,
42-maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi.

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"
- 29 сен, 11:53

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30