SPORT SOHASIDA KORRUPSIYA KERAK EMAS
Keyingi yillarda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, sport turlarini yanada rivojlantirish va sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga hozirgi vaqtda mazkur sohadagi qonun hujjatlariga sportdagi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan yangi normalarni kiritish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Mana shunday holatlarni inobatga olgan holda, joriy yilning 4-noyabr kuni Prezident tomonidan “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olgani yoki mulkiy manfaatdor bo‘lgani, shuningdek, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar kiritildi.
Ya’ni, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilot-chilarini pora evaziga og‘dirib olishi uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Mazkur qonun loyihasi 2023-yilning dekabrida O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot” bilan taqdirlash marosimi doirasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida ishlab chiqilgandi.
Ushbu Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek, respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’rufjon Ruziyev,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi.KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15
NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29
SAYLOV KODEKSIGA O'ZGARTIRISHLAR KIRITILDI
- 13 июн, 15:36
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30