Ilg'or tajriba SINGAPUR-O'ZBEKISTON TA'LIM TIZIMI HAMKORLIGI

Hozirgi kunda bu ikki davlat o'rtasida hamkorlik aloqlari yaxshilanmoqda. Halima Yoqub tashrifi davomida Singapur -O'zbekiston biznes forumida ishtirok etdi hamda Samarqandga tashrif buyurib, madaniy, tarixiy markazlarimizga sayohat qildi. Singapur Prezidenti Halima Yoqub o'z ma'ruzalaridan birida shunday degan edi: "Singapur Rivojlanish Tarixi tasodifiy emas!". Rahbarning ta'kid-lashicha, muvaffaqqiyatlarining asosiy sababi, uzoq muddatli rejalashtirish va siyosiy barqarorlik ekanini aytdi. "Mustaqillikka erishishimiz bilanoq, biz dunyoda raqobatdosh bo'lishimiz uchun ingliz tilini ishchi til, ya'ni rasmiy tilimizga aylantirishga qaror qildik, chunki ingliz tili dinyoda biznes va savdo tili edi", dedilar.
Bizga ma'lumki, Singapur ta'lim tizimi hozirda dunyoda yetakchi o'rinlarda turadi. Barcha zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan maktab va ta'lim maskanlari, u yerdagi ta'limning shaffofligi hamda o'qituvchi va oquvchilarning bilimga chanqoq va ilg'orligi kopgina davlatlarni hayratda qoldiradi. Shu munosabat bilan, yil boshidan beri Singapur davlati tomonidan mamlakatimizga turli xil delegatsiyalar, investorlar tashrifi kuchaydi.
Xususan, Singapurning mashhur Sixclouds kompaniyasi bilan shu yil boshida hamkorlik yo'lga qo'yildi. Ona shahrimiz Samarqandga bir necha kompaniya ilg'or mutaxassislari tashrif buyirdilar va o'z ta'lim tizimidagi yutuqlar, maxsus yangi texnologiyalar bilan ishlashning yangi metodlari bo'yicha maktab rahbarlarini bir haftalik o'qitish kursi joriy etildi. Ushbu kurslar samaradorligini rahbar xodimlar ish faoliyatida kuzatishingiz mumkin.
Shu jumladan men ham ingliz tili o'qituvchisi sifatida ushbu bir haftalik training kursida o'z tarjimonlik faoiliyatimni olib bordim. Ya'ni to'g'ridan to'g'ri Singapur mutaxassisi bilan ushbu kursni a'lo darajada olib bordik. Kurs "Design Thinking" deb nomlanib, rahbar xodimlar o'z maktablarida, ish faoilyatlarida uchraydigan muammo va qiyinchiliklarni qanday ijodkorlik bilan bartaraf qilish haqida bo'ldi.
Shuni ishonch bilan ayta olamanki, "Design Thinking" kursi men uchun haqiqiy malaka maktabi bo'ldi. Kelajakda men ham o'z kasbiy faoliyatimda o'rgangan ko'nikmalarimdan samarali foydalanishga astoydil harakat qilaman. Kelajakda bu ikki davlat hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib, ta'lim tizimimizga foydali bo'lgan bilim va ko'nikmalarni yanada chuqurroq o'rganib, hayotga tatbiq etamiz.
Nasiba ABDURAHIMOVA,
47-maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00