"YOSHLAR - KELAJAGIMIZ VA ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI"
Yoshlar - har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Yoshlar - har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom ma'noda, O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, ularni yuksak ma'naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o'z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Bundan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari yoshlarimiz o'z iste'dod va salohiyatini to'la namoyon etib, hamma sohada yuksak natijalarni qo'lga kiritishmoqda.
Bu borada bugungi kunda kutubxona sohasida ham yoshlar o`rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida har bir oila, har bir mahallada yoshlarimiz ta'lim-tarbiyasiga eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Yoshlarni xalqimizga yot va zararli bo'lgan salbiy ta'sirlardan himoya qilgan holda, ularni millat va davlat taraqqiyotining kelajak bunyodkori etib tarbiyalash maqsadida yoshlar o`rtasida turli xil tadbirlar tashkil etilmoqda.
Zero, inson hayoti odob-axloq, ta'lim-tarbiya bilan bevosita bog'liqdir. Kitob - eng odil do'st, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zo'r kashfiyot ham kitobdir. Kitob bo'lmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan bo'lar edi? Kitobga yo'ldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib o'ta oladi. U ong va qalbimiz ehtiyojini qondiribgina qolmay, ruhimizni ham tarbiyalab boradi, bizni shaxs sifatida shakllantiradi. Kitobxonning ma'naviyatida bo'shliq bo'lmaydi.
Mutolaa insonni hamisha ma'nan yuksaltirgan. Bugungi axborot asrida yoshlarimizning kitobga oshnoligi, mustaqil fikrlay olishi, mustahkam hayotiy pozitsiyaga egaligi kishini quvontiradi. Bugun hamma porloq kelajak yaratish istagi bilan harakat-da. Yurtimizda keng mutolaa maydonini yaratishga qaratilgan loyihalar, yaratilayotgan imkoniyatlar samarasidan kitobxonlarimiz safi millionlarga yetdi. "Yosh kitobxon", "Eng yaxshi yosh kitobxon oila" kabi tanlovlarning tashkil etilishi, undagi g'oliblarning barchaga namuna bo'lgan holda yoshlarni o'z ortidan ergashtira olishi buyuk kelajak sari tashlayotgan istiqbolli qadamimizdir.
Ma'naviyatni yuksaltirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma'naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o'rni nihoyatda beqiyos-dir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g'oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma'naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta'lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma'lumotlar berib o'tilgan. Ayniqsa, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining qabul qilinishi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning huquqiy mexanizmlarini yaratish sohasidagi yangilik bo'ldi. 4 bob, 33 moddadan iborat mazkur qonunda yoshlar huquq va erkinliklari tom ma'noda ta'minlangan, desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuningdek, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari, iqtidorli va iste'dodli yoshlarni, yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, yoshlar ijtimoiy xizmatiga oid normalar o'z aksini topgan. Yoshlar - har qanday jamiyatning ertasi. Ular tom ma'noda, O'zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi hisoblanadi. Zero, yangi O'zbekiston yoshlari - kelajagimiz va istiqbolimiz poydevoridir.

D.Urinova,
Axborot -kutubxona markazi
Axborot bibliografiya xizmati rahbari.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00