Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga yo'naltirish

Kasb-hunarga yo'naltirish, ta'lim-tarbiya jarayoni bilan uyg'un olib borilishi buni bolalar bilan maktabgacha ta'lim yoshidan boshlash maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni dastlabki kasb-hunarga yo'naltirish o'yin va mashg'ulotlar davomida ularning tug'ma layoqati, moyilligi va qobiliyatlarining ilk nishonlarini o'rganib borishi bilan mehnatga ijodiy munosabatini, tengdoshlari va kattalarga yordamga tayyorgarlik xususiyatlarini takomillashtirish turli kasb-hunar to'g'risida yoshiga mos qilib ma'lumotlar berish yo'nalishlarida olib boriladi. Bunda albatta maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning fiziologik, individual-psixologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Ma'lumki, bu yoshda idrok, diqqat, xotira va tafakkur, nutq ba tasavvur sezilarli darajada shakllangan va shakllanishi faol ketayotgan davr hisoblanadi. Bu maktabgacha ta'lim tarbiya-lanuvchisini maqsadli va ongli xatti-harakati hamda berilayotgan ma'lumotlarni tushunishi, o'qish imkonini beradi. Shuningdek, bu yoshda o'z xatti-harakatini nazorat qilish, o'zligini baholashning soddaroq bo'lsada ko'rinishlarini bolalarda kuzatish mumkin.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar ortiqcha va o'ta mavhum ma'lumot tushunchalarini qabul qilishda qiynaladilar, tez charchashlari, bir xil ma'lumotlardan zerikishlari ham mumkin. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga yo'naltirish asosan o'yin shaklida amalga oshiriladi. "Shifokor-shifokor", "Maktab-maktab", "Sartaroshxonada" va shu kabi o'yinlar davomida bolalar dastlabki kasbiy tasavvurga ega bo'lishadi. Bundan tashqari o'yin bolalarni kattalar mehnati mohiyatini anglashga, odamlar o'rtasidagi ilk kasbiy munosabatlarini tushunishga yordam beradi. Bunday o'yinlar "Ilk qadam o'quv dasturi"da juda ko'plab berilgan. Ayniqsa, tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg'ulotlarida kattalar mehnati bilan tanishtirish bo'yicha qator mavzular kiritilgan. Kattalar mehnati va kasb-hunarlar bilan tanishtirish bo'yicha mavzularning borligi maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ilk kasbiy tasavvurlarini shakllantirish uchun foydalidir. Boshqa mashg'ulotlar davomida ham bolalarga kasb-hunar, kasbiy muno-sabatlarga doir dastlabki mashg'ulotlarni berish qiyin emas. Buning uchun tarbiyachi va ota-onadan bolaga biroz ijodiy yondashuv talab etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni hayoti uchun zarur bo'lgan har kungi ishlarga jalb etishga ham e'tibor berish kerak. Bunda mehnat qilishning asta-sekin ma'naviy ehtiyojga aylanib borishiga erishish hamda burch va ma'suliyat tuyg'ularini shakllantirishga e'tibor qaratish lozim. Nafaqat o'yin jarayonida balki rasm chizish, atrof-muhit bilan tanishtiruv, konstruksiyalar yasash, sanoq mashg'ulotlarida ham ijodiy ko'nikmalarini shakllantirish kasb-hunarga yo'naltirish bilan bog'lash mumkin.
Bundan tashqari bolalarni mustaqil faoliyat bilan shug'ullanishi o'ziga xos yo'llarini izlash, harakatini doim qo'llab, rag'batlantirib borish zarur. Maktabgacha ta'lim kasblar haqidagi asosiy bilimlarni shakllantirishning birinchi bosqichidir. Bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kasblarning xilma-xilligini va keng tanlovi bilan tanishadilar. Bolalar qanchalik ko'p ma'lumotni o'zlashtirsa va qanchalik xilma-xil va boy bo'lsa, kelajakda uning hayotini belgi-laydigan hal qiluvchi tanlovni amalga oshirish osonroq bo'ladi. Insonda hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga o'yin va mashg'ulotlar davomida hosil qilingan ilk kasbiy tasavvurlar ularning maktabda o'qishi davomida mustahkamlanib rivojlantiriladi.
Baxtigul ASROROVA.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00