Ilg`or tajriba Tasviriy san'at darslarida interfaol metodlardan foydalanish

Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-martda 5 ta muhim tashabbus joriy etildi. Ushbu tashabbus zamirida, albatta, yosh avlodni munosib tarbiyalash maqsadi ko'zda tutilgan. Buning uchun darslarni zamon talabiga mos tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashtirilgan turlaridan biri bo'lgan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Interfaol metodlarning afzalligi shundaki, o'qituvchi va o'quvchi birgalikda faol harakat qiladi. O'quvchilarni fikrlashga va yaratuvchanlikka undaydi. Ularni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyat yaratadi. Bu borada 5 ta muhim tashabbusning tasviriy san'at darslarida metod sifatida qo'llanilishi dars samaradorligining oshishiga imkon yaratadi. Bu metod orqali o'quvchilarni ham rassomlikka, ham sportga, kitobxonlikka va tadbirkorlik bilan shug'ullanishga imkoniyat yaratadi.
Ta'lim muassasalaridagi tasviriy san'at o'quv jarayoniga, xususan, Dastgоhli akademik rangtasvir asоslari va kоmpоzitsiya darslariga innоvatsiyalarni tatbiq etishda interfaоl metоdlarning ahamiyati ham o'ziga xоs hisоblanadi. Ma'lumki, Interfaоl so'zi inglizcha so'z bo'lib, "inter" - o'zarо va "act" - harakat qilmоq ma'nоlarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaоl - ya'ni o'zarо harakat qilmоq ma'nоsini anglatadi. Bunday o'zarо harakat turlariga "o'quvchi-o'qituvchi" va "o'quvchi-o'quvchi"ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaоl o'qitishda o'qituvchi o'quv faоliyatninig faоl tashkilоtchisi bo'lib, o'quvchi bu faоliyatning subyekti sifatida namоyon bo'ladi. Interfaоl o'qitish bu bilish faоliyatini rivоjlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo'lib, interfaоl o'qitish jarayonida ta'lim оluvchi o'qitishning оb'yektidan o'zarо hamkоrlikning sub'yektiga aylanishi, o'quv jarayonida faоl ishtirоk etishi bilan tavsiflanadi.
O'qitishning interfaоl metоdlari hayotiy vaziyatlarni mоdellashtirish, rоlli o'yinlardan fоydalanish, muammоlarni hamkоrlikda yechishda ko'rib chiqiladi. Interfaоl o'qitish talabalardan axbоrоtlarni o'zlashtirish jarayonida faоllik, ijоdkоrlik, mustaqillikni shakllantiribgina qоlmay, ta'lim maqsadlarining to'laqоnli amalga оshishiga yordam beradi.
Yangi O'zbekiston tasviriy san'atining milliyligi undan, avvalo, realistik pozitsiyada turishni, moddiy olamning ob'yektiv qonuniyatlarini e'tirof etgan holda tasvirlashni talab qiladi. Bu esa o'quvchidan narsa va voqealarni aniq, o'ziga o'xshatib, real holda ifodalashni va jamiyatning muhim jihatlarini aniq maqsad sari yo'naltirilgan, badiiy jihatdan yuksak talablarga javob beradigan san'at asarlari yaratishni talab qiladi.
Tasviriy san'at asarlaridan namunalar ko'rsatish va taniqli dizayner, pedagog olimlar bilan masofaviy ta'lim mashg'ulotlarini tashkil etish orqali esa o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishni oshirish imkoniyati paydo bo'ladi.
Yuqori sinflarda loyihalash metodlarini keng qo'llash mumkin. Bunda tasviriy san'at fanining qadimiy, milliy va zamonaviy an'analarning uyg'unlashuvi asosida yangi jihozlar (binolar, avtomobillar, maishiy va sport jihozlari, liboslar) loyihalashtirish bolalardagi milliy qadriyatlarimizga nisbatan faxr va mehr tuyg'usini uyg'otadi.
Hulkar Norqulova,
31-maktabning tasviriy san'at va chizmachilik fani o'qituvchisi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BIZ O'ZGARISHLAR DAVRIDA YASHAYAPMIZ
- 09 сен, 13:54

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00