“So‘nggi qo‘ng‘iroq” Bayramona ruhda o‘tkazildi
30-maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri katta tantana va bayramona kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir munosabati bilan maktab hovlisi 1-4-9-11-sinf o‘quvchilari, ota-onalar, ustozlar hamda mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun bu kun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. So‘ng maktab direktori vazifasini bajaruvchi Shahob Ergashov, faxriy ustozimiz Abdurahmon Asrorov va ota-onalar so‘zga chiqib, bitiruvchilarga o’zlarining ezgu tilaklarini bildirdilar. Ular o’z tabrik so’zlarida yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli va ma’naviyatli inson bo‘lib yetishishlariga da’vat etdilar.
Tadbirda yil davomida namunali ishlagan, yutuqlarga erishgan ustozlar va oʻquvchilar taqdirlandi.
Bayram davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va raqslar tadbirga yanada fayz bag‘ishladi. Bitiruvchilar ustozlariga minnatdorlik bildirib, maktabdagi unutilmas damlarni yodga oldilar.
Tadbirning eng hayajonli daqiqasi — so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi yangragan payt bo‘ldi. Ushbu jarang bitiruvchilar uchun yangi hayot sari qo‘yilgan muhim qadam ramziga aylandi.
Maktabda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi. Maktabimiz ustozlari esa yosh bitiruvchilarga kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlariga euksak ishonch bildirishdi.
Zamira Usmanova,
30-maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
Мавзуга оид:
Referendumga tayyorgarlik qizg'in
- 04 апр, 12:08
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
Unutilmas uchrashuv
- 07 янв, 10:24
KEKSA AVLOD VAKILLARI DOIMIY E'TIBORDA
- 20 ноя, 15:57



