Deputatlar xalq xizmatida

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan 2025-yil davomida vakolatlari doirasida tizimli va samaralali ishlar amalga oshirildi.
Hisob davrida Kengashning 19 ta sessiyasi o'tkazildi. Mazkur sessiyalarda jami 157 ta qaror qabul qilindi.
O'tgan yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida ijro hokimyati va boshqa mas'ul tashkilotlar faoliyati doirasida 65 ta hisobot hamda 13 ta axborot eshitildi.
Mazkur ko'rsatkichlar Kengash tomonidan ijro etuvchi organlar faoliyati ustidan samarali nazorat o'rnatilganligini, dolzarb masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobot va axborotlari muntazam ravishda muhokama qilib borilganligini ko'rsatadi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tuman hokimi hamda Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bekor qilish holatlari kuzatilmadi.
Mazkur holat tuman hokimi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, puxta va asosli tarzda qabul qilinayotganidan dalolat beradi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislar kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokamasi hamda yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Hisobot davrida:
- 2 ta qonun loyihasi Senat yalpi majlislari kun tartibiga muvofiq muhokama qilindi:
- Ushbu qonun yuzasidan 2 ta muhokama yig'ilishi o'tkazildi:
- Shuningdek, yangi qabul qilingan qonunlarni aholiga yetkazish, ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida 2 ta yangi qabul qilingan qonun yuzasidan 2 ta targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, shuningdek qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish bo'yicha tizimli choralar ko'rildi.
Hisobot davrida jami 19 ta sessiya o'tkazilib, 17 ta sessiya onlayn tarzda ommaviy axborot vositalarida yoritildi, yopiq sessiyalar o'tkazilmadi.
40 ta qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yilib, 159 ta Kengash qarori "E-Kengash (E-qaror)" tizimi orqali e'lon qilindi.
2025-yil davomida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlariga jami 55 ta deputat so'rovi yuborildi.
Deputat so'rovlarini ko'rib chiqish natijalari quyidagicha:
- 55 ta deputat so'rovi o'z vaqtida ko'rib chiqilib, javoblar berildi.
2025-yil davomida jami 124 ta uchrashuvlar va 69 ta mahalliy Kengash deputatlarining o'z saylovchilari bilan axborot berish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvlarni tashkil etdi.
Mazkur uchrashuvlar davomida 81 ta muammo aniqlanib, ularning 52 tasi ijobiy hal etildi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo'yicha jami 7 ta murojaat kelib tushdi. Ularning ko'rib chiqilishi natijalariga ko'ra:
- 7 ta murojaat ijobiy hal etildi;
- rad etilgan murojaatlar mavjud emas;
- 7 ta murojaat yuzasidan tushuntirish berildi;
- ko'rib chiqish jarayonida qolayotgan murojaatlar qayd etilmadi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur natijalar deputatlarning aholi bilan ochiq va samarali muloqot olib borayotganini, murojaatlar o'z vaqtida va qonunchilikka muvofiq ko'rib chiqilayotganini ko'rsatadi.
Bugungi fursatdan foydalanib, barcha tumandoshlarimizni, munis onaxonlaru, qadrli opa-singillarimizni o'lkamizga kirib kelayotgan bahor bayrami 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va baxt-saodat, dasturxoningizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin.
Dildora ADILOVA,
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri.
DEPUTATLAR HAR JABHADA FAOLLIK KO'RSATISHMOQDA
- 02 июн, 14:04
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30





