''YIL TARBIYACHISI'' VILOYAT BOSQICHI GO'LIBI

30-DMTT tarbiyachisi Shohista Bahramova ''Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi'' nominatsiyasi bo'yicha hudud va tuman bosqichida faxrli 1-o'rinni egallab, viloyat bosqichiga yo'llanma olgan edi.
2021-yil 14-iyul kuni ''Yil tarbiyachisi -2021'' viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 16 ta tumandan tarbiyachilar ishtirok etdilar. Bunda Oqdaryo tumani vakili Shohista Bahramova o'zining teran nutqi va ajoyib yangi ko'rgazmalari, zukkoligi bilan viloyat bosqichida faxrli 2-o'rinni egalladi.
''Yil tarbiyachisi -2021''viloyat bosqichida faxrli 2-o'rinni egallagan Shohista Bahramovani ushbu g'alaba bilan muborakbod etib, unga ezgu maqsad yo'lida omad tilab qolamiz.
Laylo Shakarova,
30-DMTT direktori.
Мавзуга оид: