Samarkand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi mutaxassislarining tuman va qishloq aholisiga otaliq yordami

O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi, 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” Davlat dasturlarida ko‘rsatib o‘tilganidek aholini salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida tibbiyot xodimlari o‘z oldilariga qo‘ygan vazifalarni amalga oshirishga kirishdi.
Shu maqsadda ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi bosh vrachi, professor J.A.Shamsiyev boshchiligida yuqori malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhi 2023 yil 12 yanvar kuni viloyatning Oqdaryo tumanida bo‘lib, tumanning olis qishloqlaridan tuman markaziy poliklinikasiga taklif etilgan bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Ko‘rik vaqtida Okdaryo tumani xokimi Sh.A.Qudratov tashrif buyurib ushbu tashkillashtirilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini tiklashda ancha yengillik berishini, bunaqa sayyor tibbiy ko‘riklar axamiyati yuqori ekanligini ta’kidladi va shifokorlarning ishiga muvafaqqiyatlar tiladi. Bunda asosiy e’tibor xirurgik kasalliklari va tug‘ma nuqsonli bolalarni aniqlashga qaratildi. Ishchi guruh tarkibi urolog, bolalar jarroxi, pediatr va reanimatologlardan iborat bo‘lib bu bemorlarga xar tomonlama chuqur ko‘rikdan o‘tishiga zamin yaratdi. Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik bilan jami 60 ga yaqin bolalar qamrab olindi. Ko‘rik paytida 24 ta turli xirurgik kasalliklari bo‘lgan bemor bolalar aniqlanib, ularni ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasida sog‘lomlashtirishga tavsiya etildi.
Shamsiyev J. A   Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti kafedrasi
mudiri tibbiyot fanlari doktori. professor
Bayjigitov N.I 1 son bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti