"FUQARO MUHOFAZASI" OYLIGIDA FAOL ISHTIROK ETAYLIK

Joriy yilning 1-martidan 1-aprelga qadar o'tkazilayotgan "Fuqaro muhofazasi" oyligi davomida tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan  profilaktik   tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. 
Tumanda "Fuqaro muhofazasi" oyligini o'tkazilishiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish davomida yong'inni oldini olish borasida targ'ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida 10 xil turdagi 5000 dona eslatmalar ishlab chiqilib, tumandagi kollejlar, maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari, mahallalar, shifoxonalar, korxona va tashkilotlar hamda fuqarolar ko'p to'planadigan joylarga ya'ni, bozorlar hamda avtoshohbekatlarda tarqatilmoqda. 
Jumladan, "Fuqaro muhofazasi" oyligi davomida tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi huzurida tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat tarkibda shtab tashkil etish va "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi" davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni tahlil qilgan holda tegishliligicha viloyat, tuman komissiyasiiga hamda Respublika shtabiga kiritib borilishini yo'lga qo'yish;
tuman hududidan oqib o'tuvchi daryo, soylar, kanallar hamda aholi punktlaridagi ariqlar va boshqa irrigatsiya tizimlarining holatini o'rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish; 
mavsum davomida sel oqimlari va suv toshqinlarini viloyat hududidan betalofat o'tkazib yuborish bo'yicha barcha ichki ariqlar, zovurlar va kanallarni tozalash, tadbirlari olib borish va nazorat qilish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo'lganda to'g'ri harakatlanishni targ'ib etuvchi mavzularda ko'rgazmali tashviqot materiallari (plakatlar, bukletlar, eslatmalar va h.z.)ni chop etish, aholiga tarqatish va aholi ko'p to'planadigan joylarga o'rnatish;
tuman hududidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi bo'yicha kompleks profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirish;
tuman aholisining barcha qatlamlari o'rtasida favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish va ularda to'g'ri harakat qilishga o'rgatish bo'yicha keng ko'lamdagi targ'ibot-tashviqot tadbirlari o'tkazish vazifalari belgilandi. Tuman hududidagi "Shayman" va "Jurriyat" dehqon bozorlari radio tarmoqlari orqali radio eshittirishlar uyushtirilishi, shu bilan bir qatorda mahallalarda fuqarolar ishtirokida, xalq ta'limi bo'limiga qarashli umumta'lim maktab-larida, maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quvchi va tarbiyachilar va tibbiyot xodimlar ishtirokida uchrashuvlar o'tkazilishi belgilangan. 
Ommaviy axborot vositalaridan keng ko'lamda foydalanib tuman xalq xo'jaligi maskanlarida va aholi istiqomat qiladigan fuqarolar xonadonlarida yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish, televidienie dasturlari va radio to'lqinlari orqali omma orasida yoritish, maqsadida viloyat teleradiokompaniyasida turkum teleko'rsatuvlar va videoroliklar tayyorlanib, efirga uzatib borilishi orqali keng ommaga etkazilishi asosiy maqsad etib belgilangan.
N.Saydanov,
tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi 
va Fuqaro muhofazasi bo'linmasi boshlig'i, kapitan.