XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMAN KENGASHINING TO‘QSONINCHI SESSIYASI NUQSONLAR BARTARAF ETILISHI SHART!
Xalq deputatlari tuman kengashining to‘qsoninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani kengash raisi, tuman hokimi Sherzod Qudratov boshqarib bordi. Sessiyada quyidagi masalalar muhokama etildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oqdaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
A.Igamberdiyevning joriy yilning o‘tgan davri davomida tumandagi sektorlar hamda idora va
tashkilotlar rahbarlarining faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti haqida;
2. Tuman prokurori A.Vaxabovning joriy yilning II choragi davomida qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash
yo‘nalishlarida olib borilgan faoliyat yuzasidan amalga oshirgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
3. Tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi bo‘yicha 2023-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i A.Valiyevning hisoboti haqida;
4. Tuman mahalliy budjeti parametrlarining 2023-yil birinchi yarim yillik ijrosi hamda mahalliy budjetning xarajatlar qismiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘lim boshlig‘i U.Maxmanazarovning hisoboti haqida;
5. Ishsizlikni kamaytirish va bandlikni ta’minlash, aholining (kam ta’minlanganlar, yolg‘iz qariyalar, uy-joyi yo‘qlar) ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (D.Mamadiyarova);
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan tumanda tabiiy gaz hamda elektr energiyasini tejash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida; (tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Xujanov, “Oqdaryotumangaz” filiali boshlig‘i B.Iskandarov)
7. Tumanda 2023-yilda melioratsiya obyektlarini tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari loyihalarini belgilangan tartibda shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
8. Tumanda davlat g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan, ko‘makka muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Oqdaryo tumani bo‘limi boshlig‘i M.Musayevning hisoboti to‘g‘risida;
9. Tuman mahalliy budjetining 2023-yil II chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar va ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida.
Sessiyada ko‘rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiya yakunida tuman kengashining raisi, tuman hokimi Sherzod Qudratov kun tartibidagi masalalarga o‘z fikrini bildirar ekan, nuqsonlar tezda bartaraf etilishi yuzasidan mas’ul rahbarlarga topshiriqlar berdi.
O‘z muxbirimiz.

NOTARIAT TIZIMIDAGI YANGI ISLOHOTLAR
- 14 июн, 11:29

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30