IQTIDORLI TALABA QIZ

Nafosat Komiljonova 2004-yil 18-dekabrda Kumushkent qishlog'ida tug'ilgan. U yoshligidan rassomchilikka qiziqdi. O'zi tahsil olgan 32-umumiy o'rta ta'lim maktabida darslarni a'lo baholarga o'zlashtirish bilan bir qatorda maktab, tuman miqyosida o'tkazilgan turli xil tanlovlarda faol ishtirok etib keldi. Ayniqsa, Nafosat   Zulfiyaxonim nomidagi ko'rik-tanlovlarda o'z rasmlari bilan faol qatnashib, muvaffaqiyatli natijalarni qo'lga kiritdi.

Rasm chizish, ijod qilish Nafosatning eng sevimli mashg'ulotlaridan biriga aylandi. Shu boisdan ham yosh rassom qiz o'z ustida ishlash, bilim va tajribasini oshirishga astoydil harakat qildi. O'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatib, Toshkentdagi Kamoliddin Behzod nomidagi milliy va dizayn institutiga grant asosida o'qishga kirdi. Oliygohda o'qish davomida ham o'z bilim va iqtidorini tinmay oshirib bordi. Joriy yilda bir qancha  xalqaro ko'rik-tanlovlarda  qatnashdi   va quyidagi yutuqlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi:

1). "The best student "xalqaro tanlovda  Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanidan   chizgan rasmi "Gran pri"ni oldi.

2). "Sunny Bodrum" nomli Turkiyada bo'lgan onlayn tanlovda "O'zimizning yuksalayotgan O'zbekiston" mavzusida rasm chizib, 1-o'rin sohibi bo'ldi.

3). Rossiyada bo'lgan onlayn "Talant Rossiya" tanlovida ham 1-darajali diplomni oldi.

4). Italiyada bo'lgan "Grant Italiya" onlayn tanlovda  o'z rasmlari bilan qatnashib, 1-o'rinni oldi.   

Ushbu yutuqlar Nafosat Komiljonovani yanada bilim olishga, o'z bilim va tajribasini oshirishga da'vat etdi. Shu boisdan ham u o'zining bo'sh vaqtlarida turli xil asar qahramonlarining portretlari, tabiat go'zalligi va boshqa xil rasmlarni chizishni yaxshi ko'radi. Kelajakda yangi marralar sari odim tashlayotgan iqtidorli talaba yanada yuqori cho'qqilarni zabt etishiga ishonchimiz komil. Biz ham uning  kelgusidagi o'qish va ijodiga omadlar tilaymiz.

 G.ABDURAHMONOVA.