"Obod mahalla - obod ko'cha - obod xonadon" tamoyili YANGIQO'RG'ON YANGI QIYOFAGA KIRMOQDA

Yaqinda mahallada gaz quvurlarini ta'mirlash, elektr tarmog'ini yangilash, aholi xonadonlarida targ'ibot ishlari va tomorqalarini tartibga keltirish, yo'l yoqalarini maishiy chiqindilardan tozalash kabi navbatdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, Oqdaryo tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan Yangiqo'rg'on mahallasida "Eng yaxshi xotin-qizlar faoli" tanlovi o'tkazildi. Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda Yangiqo'rg'on Oilaviy poliklinikasi xodimlari bilan hamkorlikda mahallaning 5 ta ko'chasida namunali xonadonlarda "Xonadon madaniyati", " Xonadon gigiyenasi" va "To'g'ri ovqatlanish" targ'ibot tadbirlari olib borilib, aholiga tushuntirishlar berildi.
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyati bo'limi rahbari Farhod Nazarov Oqdaryo tumanining "Obod mahalla - obod ko'cha - obod xonadon" dasturi doirasida keng ko'lamli obodonlashtirish tadbirlari amalga oshirilayotgan Yangiqo'rg'on mahallasida bo'lib, mahalla faollariga Yangiqo'rg'on tarixi hamda mahalladagi namunali oilalar haqida stendlar hamda mahalla yoshlar yetakchisi kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy kitoblar jamlanmasini sovg'a qildi.
"Obod mahalla - obod ko'cha - obod xonadon" me'zonlari asosida obodonlashtirish tadbiri olib borilayotgan Yangiqo'rg'on mahallasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida bo'sh turgan maydonlarga manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, "Onalar bog'i" barpo etilmoqda.
Nuroniy onaxonlar va xotin-qizlar faollari jam bo'lgan ushbu tadbirda ishtirokchilar bayramona kayfiyat bilan manzarali daraxt ko'chatlarini ekishdi.
Barchani ushbu umummilliy loyihada faol bo'lishga chorlaymiz.
Tuman hokimligi axborot xizmati.
Мавзуга оид:

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30