Yangi qurilayotgan, ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash muhimdir!


Yangi qurilayotgan, ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash muhimdir!

Tumanimiz xududida yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan va qayta ta’mirlanayotan maskanlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda xolatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash, aynan yangi qurilish uchun yer tanlanish va qurilish jarayonida yong‘in xavfsizligini nazorat etish maqsadida Oqdaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Mustaqillik” mahallasi hududida qurilayotgan ko’p qavatli aholi yashash turar joylari “Memor Alisher Kumushkent XK”, “O’tkir Sarbon XK”, “Abdimannon Nux XK”, “Real Inavatsion Story MChJ”, O’ralov Ravshan Quruvchi XK” va “O’zbekiston” mahallasi hududida joylashgan      26-umum ta’lim maktabini qurayotgan “Turon qurilish MCHJ” ishchi xizmatchilar va quruvchilar o‘rtasida bir qancha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xususan 2021 yilning 18-oktyabr kuni tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maskanni qurilishida ishlab kelayotgan quruvchilar va ma’sul xodimlar bilan birgalikda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash is gazidan zaharlanishlarni oldini olish borasida profilaktik suhbat jarayoni o‘tkazilib, kerakli tavsiya va ko‘nikmalar berildi. 
Bundan tashqari tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan qurilish ob’ektida mehnat qilayotgan quruvchilarni havfsizligini ta’minlash maqsadida maktab binosining sinf xonalarida tashkil etilgan yotoqxonalarda ham bo‘lib, tunda odamlar ommaviy qoladigan maskanlarda, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda xolatlarni oldini olish choralari muntazam ravishda ko‘rib kelinmoqda. 
Oqdaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida faoliyat olib borayotgan xodimlar tomonidan tumanda yangidan barpo etilayotgan maskanlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni tadbiq etilishiga erishish borasidagi profilaktik ishlar davom etmoqda.
Oqdaryo tuman FVB NTB
boshlig’i katta leytenant      N.Voxidov