DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO'YICHA AMALIY SEMINAR

Joriy yilning  2-dekabr kuni Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman(shahar) hokimlarining davlat tilida ish yuritish bo'yicha maslahatchilarining amaliy seminari bo'lib o'tdi. 
Seminar ishtirokchilari Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov hamrohligida tumandagi 32-umumta'lim maktabidagi o'quvchilarga til va kasb-hunar o'rgatish to'garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishishdilar.
Seminarda Samarqand viloyati va Oqdaryo tumani misolida Davlat tili va geografik ob'yektlarning nomlari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi bo'yicha taqdimot o'tkazildi. Seminarni Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Seminar davomida Davlat tili va geografik ob'yektlarning nomlari to'g'risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi bo'yicha ma'ruzalar qilinib, fikr-mulohazalar almashildi.