Mutaxassislar tavsiya etadi G'ALLANI QANDAY PARVARISH QILISH KERAK?
Yanvar-fevral oylarida kutilayotgan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda kechki, rivojlanishdan orqada qolgan, kuzda oziqlantirilmagan g'alla maydonlarida azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish hamda sug'orish ishlarini amalga oshirishni taqozo etmoqda. G'allaga beriladigan o'g'it va suv o'simlik ildiz sistemasining rivojlanishini kuchaytiradi va tuplash bo'g'inining kattalashishiga hamda tuplash bo'g'inida shakar moddalarining ko'payishiga sabab bo'ladi. Bu sharoitda g'alla o'simligi o'sish o'rniga vegetativ organlarini, ya'ni tuplash bo'g'inini kattartiradi va erta bahorda katta tuplash bo'g'inlaridan yirik naychalar hamda poyalarni shakllantiradi. Katta naycha va poyalardan yirik boshoqlar hosil bo'lishini ta'minlaydi.B.Mamatmurodov,
Q.Berdiqulov,
B.Ishniyozov,
tuman o'simliklar karantini va himoyasi bo'limi
fitosanitar nazorati davlat inspektorlari.
Мавзуга оид:
Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30
BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21
SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00



