TIL -MILLATNING MA'NAVIY BOYLIGI

Ming bir eldan bizga nasib bo`lgan elim,
Ming yillardan omon o`tib kelgan tilim.
O`zbegimni asl o`zbek qilgan tilim,
Tillar ichra o`zing buyuk zabonimsan,
Ona tilim, mening ikki jahonimsan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek: "Ona tili bu - milatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan har qanday millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar''. Til nafaqat muomala vositasi - balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlik va do'stlikning birdan bir manbaidir. Shu sababli ham har bir xalq o'z tilini saqlab qolishga harakat qiladi.
Til umumbashariy qadriyat, insonlarga ato etilgan buyuk ne`mat hisoblanadi. Til - shaxsni shakllantirgan, millarni vujudga keltirgan, uni taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan mo`tabar xilqatdir. Har bir mamlakatning bayroq, gerb, madhiya singari davlat ramzlarini belgilovchi eng muhim omillaridan biri - uning milliy tilidir. Shuning uchun, har bir xalq o'zining milliy tili taraqqiyoti va taqdiri uchun qayg'uradi. Xalqlar qanday bo'lmasin o'zining tili o'zi uchun azizdir.
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va shijoati bilan 1989-yil 21-oktabrda o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. O`zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi va har yili 21-oktabrning mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanishi ona tilimizga bo`lgan cheksiz hurmat, ma`naviyatimizga, millatimizga bo`lgan yuksak e`tibor namunasidir.
Insoniyat tarixida bugungi kungacha 9000 dan ortiq til yo'qolib ketgan. Hozirgi kunda Yer sayyorasida 6809 ta til saqlanib qolgan. Aholi eng ko'p foydalaniladigan til sifatida-xitoy, ingliz va ispan tillari e'tirof etiladi. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilgan muborak kun o'zbekka o'zligini qaytargan, taqdiri va kelajagini tayin etgan qonun millatimiz tarixiga zarhal harflar bilan yozildi. Ushbu qutlug' qonun o'laroq, o'zbek tilining maqomi yuksalib, ming yillik xalq tilining xira tortgan ko'zlari qaytadan ochildi, go'yo.
Til - xalqning, millatning eng buyuk qad-riyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o'zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini oshirish muhim o'rin tutadi. Inson tug'ilib, voyaga yetar ekan, u ona tili, ona Vatan, ona zamin kabi milliy qadriyatlarini shu til vositasida anglaydi va his qiladi. Shuning zamirida unda milliy ong, vatanparvarlik, millatparvarlik, mustaqillik kabi tushunchalar paydo bo'ladi va singib boradi. Til har bir xalqning ulkan boyligi, bebaho mulki, qalbi va ovozi hisoblanadi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev rahnamoligida milliy madaniya-timizning ko'zgusi bo'lgan ona tilimizni yanada boyitish, davlat va jamoat tashkilotlarida davlat tili haqidagi qonun ijrosini ta'minlash, yosh-larimizni ona tiliga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda va izchil davom etmoqda.
Millatimizning milliyligini amalga oshirishdagi ko'p yillik orzular bugungi kunda o'zligini namoyon qilmoqda. Tilimizning tarovati-yu nafosatini, imkoniyati-yu salohiyatini e'tirof etish bilan birga ta'limiy, ma'naviy ishlarimizni yanada boyitish borasida mehnat qilaveramiz.
21-oktabr - O`zbek tiliga Davlat tili maqo-mining berilishi munosabati bilan tuman Axborot-kutubxona markazida ham bir qancha tadbirlar, "Ona tilim-sarchashmangdan sarhush dilim" kitob ko`rgazmalari, "Til - millat ko`zgusi" virtual ko`rgazmalari tashkil qilindi. Shuningdek, kutubxonamizda "Istiqlol davri o'zbek navoiy-shunosligi", N.Raximjonovning "Badiiy so'z estetikasi", Q. Yo'ldoshning "So'z yolqini", "O'zbek tilining izohli lug'ati", "O`zbek tilining imlo lug`ati", "O`zbek tili me`yorlari punktuatsiyasi" kabi adabiyotlar mavjud bo`lib, o`quvchilar, o`qituvchilar hamda xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqdamiz.
Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat va an'analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida boyitishga, taraqqiy etgan tillar qatoriga qo'shishga harakat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi bo'lishi kerak.
Gulnoza Davurova,
tuman Axborot-kutubxona markazi
Axborot bibliografiya xizmati xodimi.

TILIMIZNING SOFLIGINI SAQLASH - MUQADDAS BURCHIMIZ
- 21 окт, 09:27

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27