Tuman prokurori Azizbek Vaxabov bilan MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan islohotlarning negizida xalq manfaatlarining ustunligini taʼminlashga erishish uchun qonun ustuvorligini taʼminlash va korrupsiyaga qarshi kurashni yoʻlga qoʻyib, avvalambor korrupsiyaning oqibatlarini bartaraf qilishdan koʻra, uning oldini olish choralarini koʻrish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ming afsuski, koʻzlangan natijalarga hali toʻliq erishmadik. Ayrim mansabdor shaxslarning oʻz shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qoʻyishi islohotlar yoʻliga gʻov boʻlayotganligi ham ayni haqiqatdir. Taassufki, tumanimizda 2024-yilning 9 oyi davomida 31 nafar mansabdor turli xil koʻrinishdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortildi.
Bugun tuman prokurori Azizbek Vaxabov bilan “Oqdaryo ovozi” gazetasi jurnalistlari va ijtimoiy tarmoq vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish” mavzusi yuzasidan boʻlib oʻtgan navbatdagi matubot anjumanida ana shular haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, tadbirda tuman prokurori A.Vaxabov jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berdi.

Korrupsiya balosi kelajagimiz kushandasidir...
- 22 сен, 10:05

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

MATBUOT ANJUMANI
- 25 янв, 13:17