ONA TABIATGA MEHR UYG'OTISH – BURCHIMIZ


Xalqimiz azal-azaldan tabiatga alohida mehr ko'rsatib keladi. Daraxt ekish va bog' yaratish o'zbekning qadim qadriyatidir. Mazkur qadriyatning bardavomligini saqlash har birimizning burchimiz bo'lmog'i darkor. Bundan tashqari, farzandlarimizda tabiatga bo'lgan ilk tasavvur va mehrni, tabiat mahsuli bo'lgan o'simlik, hayvonot olamini asrash, ularning atrof-muhitni asrab-avaylashda bajarishi lozim bo'lgan vazifalarini o'rgatib borishimiz zarur. Bu boradagi o'git va nasihatlarimizni biz o'qituvchilar ham maktablarda o'qitiladigan biologiya darslarida va darsdan tashqari o'tkazilayotgan tadbirlarda o'quvchilar ongiga singdirishga harakat qilmoqdamiz.
Yaqinda maktabimizning 1-6-sinf o'quvchilari o'rtasida "Hosil bayrami" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda har bir sinf o'quvchilari tomonidan turli xil meva-sabzavotlar va poliz ekinlaridan ko'rgazmalar tashkil qilindi. Shuningdek, o'quvchilar ushbu tadbirda har bir meva-sabzavot va poliz ekinlarining o'ziga xos xususiyatlari hamda inson salomatligiga foydali jihatlari haqida so'zlab berishdi. Sahna ko'rinishlarida esa o'quvchilar o'zlarining she'r va qo'shiqlari hamda raqslari bilan ishtirok etishib, tadbirga bayramona ruh baxsh etishdi.
"Hosil bayrami" tadbirida 2-"V", 4-"V", 6-"V", 6-"B", 6-"A" sinf o'quvchilari faol ishtirok etishib, g'oliblikni qo'lga kiritishdi. G'olib o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Darhaqiqat, inson salomatligi, hayotining farovonligi bevosita ona tabiatga bog'liq jarayondir. Ota-bobolarimiz yer insonni yediradi, to'ydiradi va kiyintiradi, deb bejizga gapirish-magan. Qolaversa, tuproq, umuman, ona tabiat insoniyatga behisob ne'matlar yetkazib beradi. Zero, tabiat - bebaho boylik, u bilan hayotimiz go'zal, turmushimiz farovondir. Shu bois ham uni hamisha asrab-avaylaylik, musaffoligini ta'minlaylik. Bu bizning insoniylik burchimizdir.
Guli TOSHBOYEVA,
Madina ALAUTDINOVA,
30-maktabning biologiya
fani o'qituvchilari.

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

Unutilmas uchrashuv
- 07 янв, 10:24

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00