Adliya xabarlari OILA MUSTAHKAM BO`LSIN

Oiladek katta hayot yo`liga qadam qo`yayotgan yosh kelin-kuyovlarimiz oilani muqaddas qo`rg`on deb bilishi, uni qadrlashi, oilaning barcha a`zolariga hurmat bilan samimiy munosabatda bo`lib yashasalar, bu oila albatta baxtli oila qatorida bo`ladi. Shu o`rinda katta hayot ostonasida turgan, endi oila qurishga kirishayotgan yosh kelin-kuyovlarimiz uchun tajribali pedagog, psixolog, tibbiyot xodimi hamda ko`p yillar namunali oila bo`lib yashayot- gan onaxonlarimiz, otaxonlarimiz- ning maslahatlari, pand-nasihatlari, hayotiy tajribalaridan misollar bilan olib boriladigan o`quv mashg`ulotlar o`tkazilishi ularni oilaga tayyorlashda katta yordamchi bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi "Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi 820-sonli qarori ijrosi sifatida FHDYО bo`limiga nikohdan o`tish uchun ariza bilan murojaat qilgan yosh kelin-kuyovlarimizni ixtiyoriy tarzda, tuman(shahar) hokimligining oila va xotin-qizlar bo`limi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida har oyda oilaga tayyorlash o`quv dasturlari asosida o`qitilib kelinmoqda.
Bundan ko`zlangan maqsad yosh oila sohiblariga nafaqat oilaviy hayot sirlaridan, balki turmushning murakkab va chigal vaziyatlarida oilaviy muloqat-muomalalarida yuz berishi mumkin bo`lgan qaltis damlarda oqilona yo`l tutish orqali sinovlardan o`tish hamda sharqona odob va axloq me`yorlari, milliy qadriyatlarimiz asosida tavsiya, maslahatlarimizni berib borishdir.
Yosh nikohlanuvchilarimizga o`quv mashg`ulotlarimizga faol qatnashishlarini, ota-onalarimiz esa bunga befarq bo`lmaydilar deb so`rab qolamiz. Zero, har bir qurilajak oilaning mustahkamligi bu jamiyatimizning tinchligi, oilalarning farovonligidir.
Manzura SAYDULLAYEVA,
tuman FHDYО bo`limi mudirasi.
KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI
- 08 ноя, 10:15

OILA - JAMIYATNING BUGUNI VA KELAJAGI
- 19 май, 10:57

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30