DOLZARB O'TTIZ KUNLIK DAVOM ETMOQDA
O'simliklarning zararkunanda va kasalliklari, begona o'tlar ekinlarga, xususan, hosilga katta zarar yetkazadi. Shu sababli qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni saqlashda O'simliklar karantini va himoyasi tizimi sohasining olib borayotgan ishlari muhim sanaladi. Bugun hosilni samarali himoya qilishga zararkunanda va kasalliklarning rivojlanishi hamda ko'payishi prognozini tuzish, zararkunandalar hamda kasalliklar o'chog'ini o'z vaqtida aniqlash maqsadida ekin, ko'chatlarni, shuningdek, begona o'tlarni tekshiruvdan o'tkazish, turli usul va vositalar qo'llab o'simliklarga ishlov berish kabi chora-tadbirlar natijasini bermoqda. Zararkunanda, kasalliklar va begona o'tlarga qarshi bir qancha kurash usullari qo'llanadi.
O'zbekiston Respublikasining "O'simliklar karantini to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq respublikaning fitosanitar xavfsizligini ta'minlash, zararkunandalarning bir hududdan ikkinchi hududga tarqalishining oldini olish, ularga qarshi ommaviy kurash ishlarini tashkillashtirish hamda kasalliklarni aniqlash maqsadida 2025-yilning 20-yanvaridan 21-fevraliga qadar "Dolzarb o'ttiz kunlik" tadbiri e'lon qilindi.
Ushbu tadbir doirasida Samarqand viloyat O'simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Oqdaryo tuman bo'limi tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu galgi topshiriq rejasiga asosan asosiy e'tibor sitrus va pomidor ekinlarining ashaddiy zararkunandasi bo'lgan "Sitrus oqqanoti", "Sitrus inli kuyasi", "Pomidor kuyasi" kabi zararkunandalarga hamda "Pomidorning jigarrang bujmayish virusi"ni aniqlash, nazorat qilish hamda ularga qarshi keng qamrovli kurash ishlari olib borilmoqda.
Tuman O'simliklar karantini va himoyasi bo'limi.

DOLZARB 15 KUNLIK DAVOM ETMOQDA
- 08 фев, 12:59

AJAL OG"USI
- 10 окт, 14:14