Yosh shaxmatchilar musobaqasida yangi chempionlar aniqlandi

"Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari hamda tarbiyalanuvchilari oʻrtasida koʻrik-tanlovlar, festivallar va musobaqalarni tashkil etish toʻgʻrisida"2025-yil 17-martdagi 86-son buyrug'i hamda mazkur buyriqning 5-ilovasi bilan tasdiqlangan "Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida NIZOM"ga muvofiq “Shaxmat festivali” musobaqasi Oqdaryo tuman 10-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar òrtasida òtkazildi.Musobaqada ògil bolalar òrtasida 30-maktabga ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Mardiyev Nurmuhammad 1-o'rinni egallab viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi, qizlar òrtasida Sattarova Diana faxrli 1-òrinni egalladi va esdalik sovĝalar bilan taqdirlandi.Festevalda Oqdaryo tumanining barcha Maktabgacha ta'lim tashkilotidan shaxmatchi tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.Festeval ko'tarinki ruhda o'tkazildi.Bunday festevallarning yanada ko'proq bo'lib o'tishi barcha bolajonlarini spotga,shaxmatga bulgan qiziqishini oshiradi.Ularda do'stlik,jamoaviylik va vatanga bulgan tuyg'ularini rivojlantiradi.Bunday ajoyib festevallarni yanada ko'proq bulishini so'rab qolamiz va Oqdaryo tumani Maktab va maktabgacha ta’lim bo'lim mudiri Elyor Jamilov Farxodovichga o'z minnatdorchilgimizni bildirib qolamiz.Festeval g'oliblariga esa Oqdaryomizning shanini chiroyli himoya qilib yuksak cho'qqilarni zabt etishlari uchun omadlar tilaymiz.
Bahramova Shohista
30-DMTT deriktor o'rinbosari.
Мавзуга оид:

BARKAMOL AVLOD YOSHLARI YUQORI MARRALAR SARI
- 13 июн, 15:23

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30