DEPUTATLAR HAR JABHADA FAOLLIK KO'RSATISHMOQDA

O'zbekiston Respublikasi Mahalliy davlat hokimiyat to'g'risidagi Qonunining 24-moddasida xalq deputatlari Kengashining vakolatlari belgilab berilgan.
Ushbu moddada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash, tumanlar va shaharlar byudjetlari daro-madlarining prognozlarini ma'lumot uchun qabul qilish, tegishli byudjetlardan moliya-lashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet mablag'laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to'g'risidagi hisobotlarini eshitish, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash, hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o'rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to'g'risidagi axborotini har chorakda eshitish, yoshlar muammolarini o'rganish, ularni hal etishga ko'maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko'rishga qaratilgan ishlar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish, xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalari to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish, zarurat bo'lganda ijro etuvchi hokimiyat bo'limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hiso-botlarini eshitish, tegishli prokurorlarning faoliyati to'g'risidagi axborotini har yili eshitish, O'zbekiston Respub-likasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish, tegishincha sog'liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish, tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari boshliqlarining axborotini eshitish, Kengash so'rovini yuborish to'g'risidagi taklifni ko'rib chiqish, Kengash tekshiruvini o'tkazish, deputat so'rovlarini yuborish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish, hokimning xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi taqdimnomasiga asosan Kengash qarorini o'zgartirish yoki bekor qilish, hokimning va quyi Kengashning O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo'lmagan qarorlarini bekor qilish, hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasini, shtatlarini va uning xodimlari mehnatiga haq to'lash fondini tasdiqlash vakolatlari kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengash deputatlari o'zlari saylangan okruglarda joriy yilning I chorak yakuni bilan o'z soylovchilari bilan uchrashib, deputatlik faoliyati bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlarini berdi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda tuzilgan "Xalq qabulxonasi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan o'tkaziladigan "Sayyor qabullar" reja-grafigi asosida tuman Kengashi deputatlari har shanba kuni hududlarida Sayyor qabullar o'tkazib, fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlarni tizimli ravishda o'rganib tegishli mas'ullarga deputatlik so'rovlari orqali hamda Kengash sessiyalariga masalalar kiritib kelinmoqda.
Bugungi kunda xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari tomonidan "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi hamda Oqdaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yuqori va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish, aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish, iqtisodiy o'sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini oshirish bo'yicha, Oqdaryo tumanida 2025-yil "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo'llarni ta'mirlash yo'nalishi bo'yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko'rib chiqish hamda Oqdaryo tumanida "Zarbdor tajribasi" asosida savdo, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo'yicha takliflarni ko'rib chiqish borasida deputatlik nazoratini olib bormoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi VII-7-24-7-92-K/25-sonli qaroriga asosan tumanda 2025-yil "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Olchintepa, O'zbekiston, Uchtepa va Yangiobod mahallalarida elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo'llarni ta'mirlash yo'nalishi bo'yicha dasturga kiritilgan bo'lib, bugungi kunda ushbu mahallalarda amalga oshirilayotgan dastur asosida ishlarni hudud deputatlari tomonidan doimo nazorat qilib kelmoqda.
Shuningdek, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 4-martdagi VII-8-29-7-92-K/25-sonli qarori bilan Oqdaryo tumanida "Zarbdor tajribasi" asosida drayver loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Bunda Yangiqishloq, Oqdaryo, Mustaqillik hamda Dahbed mahallalarida yangi ish o'rinlarini yaratish va hudud infrotuzilmasini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilangan va bugungi kunda ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o'rnatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan o'zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" KQ-35-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari "Mahalla yettiligi" bilan o'zaro hamkorlikda aholining muammolarini o'rganish bo'yicha yagona sxema ishlab chiqilgan. Jumladan, Galaravot saylov okrugi deputati Rabbanaqulov Rustamxonga hududidan tushgan murojaat o'rganildi va deputat tashabbusi bilan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ushbu murojaat joyida hal etildi.
O'zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi Qonunining 19 va 24-moddalari hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 31-oktyabrdagi "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari to'g'risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to'g'risidagi"gi KQ-846-IV-son Qaroriga asosan xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo'yicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo'yicha, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha, Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha hamda Reglament va deputatlik odobi masalalari bo'yicha doimiy komissiyalari faoliyat yuritadi. Bugungi kunda ushbu komissiyalar sohalar kesimida amaliyotda qo'llash uchun yangi qabul qilingan qonunlarni amaliyotda aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda masalalarni qonuniy hal etilishiga jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonuniga muvofiq huquqlar e'tirof etilmagan. O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog'liq qonun buzilishlarini bartaraf etish holati yuzasidan har bir deputat o'zlariga biriktirilgan mahallalarda doimiy ravishda deputatlik nazorati o'rnatilgan.
Dildora ADILOVA,
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri.
Мавзуга оид:

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30