YOSHLAR KELAJAGIGA E'TIBOR - DOLZARB VAZIFA

Charos ORTIQOVA, tuman hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari.
Bugungi kunda tumanimiz aholisining 102 762 ming nafardan ortig'ini 30 yoshgacha bo'lganlar, 43 545 nafarini 14-30 yoshdagilar tashkil etadi. Joriy yilning 2-chorak yakuni bo'yicha "Yoshlar daftari" platformasi orqali 346 nafar yoshlarga jami 430 mln. so'mlik amaliy yordam ko'rsatildi.
Jumladan, bandlik yo'nalishida:
Joriy yilda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash yo'nalishida jami 1362 nafar ishsiz yoshlarimizning bandligini ta'minlash maqsadli ko'rsatkichlarga kiritilib, mahallabay yoshlar bandlik dasturlari ishlab chiqildi. Ushbu ishsiz yoshlar davlat ko'magiga muhtoj "og'ir" toifadagi yoshlar bilan ishlash yo'nalishida 1362 nafar ishsiz yoshlar "Og'ir" toifaga kiritilib, 40 ta viloyat tashkilot rahbarlari hamda hokim o'rinbosarlariga biriktirildi. Natijada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish orqali 1362 nafar yoshlarning 1362 nafari bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ular tomonidan ko'rsatilgan 1123 ta muammo va masalalar ijobiy hal qilinib, bandligi ta'minlanishiga, hayoti yaxshilanishiga ko'mak ko'rsatildi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'ining yoshlar bilan uchrashuv yillik jadvali asosida bugungi kunga qadar 6 marta uchrashuvlar tashkil etildi. 245 nafar yoshlar bilan uchrashib, 96 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarining yechimiga ko'mak ko'rsatildi.
- 56 nafar yoshlarni kelajak kasblari va tadbirkorlikka hamda kasb-hunarga o'qitish kurslariga 121.4 mln so'mlik xarajatlari qoplab berildi.
- 10 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o'zini o'zi band qilishga zarur bo'lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga 22 mln. so'mlik subsidiyalar ajratib berildi.
- 20 nafar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o'zini o'zi band qilishga tijorat banklaridan Aloqabankni yoshlarning biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi tayanch "yoshlar banki" sifatida bugungi kungacha 12 ta ilg'or biznes loyihalarga jami 1,4 mln. so'mlik kredit mablag'lari ajratildi.
- 4 nafar yoshlarga 30 yillik muddatga 3.1 gektar yerlar ajratib berildi.
- 425 nafar yoshlar esa doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi.
Bitiruvchi yoshlar bandligini ta'minlash yo'nalishida 2024-2025-o'quv yili maktab bitiruvchilari soni 2006 nafarni tashkil etib, 953 nafari mehnat bozoriga yangi talab yuqori bo'lgan ish o'rinlariga joylashtirilishi belgilab olindi.
Aloqabankni yoshlarning biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlovchi tayanch "yoshlar banki" sifatida bugungi kungacha 24 ta ilg'or biznes loyihalarga jami 1.4 mln. so'mlik kredit paketlari ajratib berildi. Bugungi kunda tuman shtabiga berkitilgan aloqa bank mas'ul xodimi hamda tuman ishchi guruhi a'zolari ishtirokida loyihalarni moliyalashga tayyorlash maqsadida uyma-uy monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Shundan Aloqabank tomonidan o'zini o'zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so'mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratish yo'nalishida tushgan so'rovnomalar soni 58 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo'lgan, kamida 5 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochmoqchi bo'lgan 4 nafar yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga kredit berish mexanizmi belgilab olindi.
Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo'naltirish belgilandi. Ushbu topshiriqdan kelib chiqib Oqdaryo tumanida 57 ta ilg'or beznis loyiha paketlarining 15 nafari xotin-qizlar tadbirkorligi loyihalarini tashkil qilmoqda.
Har oyda bir marotaba tuman hokimi tomonidan "Hokim va yoshlar uchrashuvi"ni o'tkazib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar muammolarini joyida bartaraf etish bo'yicha aniq mexanizmlar va chora-tadbirlar belgilab olingan. Shunga asosan tuman hokimi Sh.Qudratov tomonidan yil boshidan beri 6 marta jami 396 nafar yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, 158 nafar yoshlarning turli xildagi muammo va masalalarini ijobiy yechim topishga ko'maklashildi. Ikki marotaba og'ir toifadagi biriktirilgan 19 nafar yoshlar bilan uchrashib, masalalarini yechib berishga ko'maklashib berildi. 19 nafar yoshlarning bandligini taminlashga erishildi.
Yoshlarni kasb va tilga o'qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida katta dastur qabul qilindi. Mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini rag'batlantirish uchun xususiy o'quv markazlarida xorijiy tillarni o'rganadigan yoshlarga xarajatlari "2+6" shaklida qoplab beriladigan bo'ldi. Ushbu loyiha doirasida bugungi kunda yuqori daromadli ishlarga jalb qilish maqsadida Germaniya davlatiga ishlash uchun ketish istagidagi 60 nafar yoshlar "Aql Ziyosi" o'quv markazida nemis tilini o'rganishmoqda. Shundan 4 nafar yoshlarimiz B1-B2 sertifikatlarini qo'lga kiritib ketishga tayyor turishibdi.

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21