AHOLIGA NAMUNALI XIZMAT KO'RSATISH - DOIMIY E'TIBORIMIZDA

Tumanda yil boshida 2 979 ta kambag'al oilada yashovchi 13 210 nafar aholini tashkil etib, kambag'allik darajasi 7,1 foizni tashkil etgan.
Yil oxiriga qadar kambag'allik darajasini 5,0 foizga tushirish rejalashtirilgan bo'lib, birinchi navbatda kambag'al oilalarning dunyoqarashi, madaniyati, ma'naviyatini oshirish orqali ularga kasb-hunar o'rgatib, o'qitib tadbirkorlikka yo'naltirib doimiy daromad olishlariga ko'maklashish orqali turmush sharoitini yaxshilash asosiy maqsad qilib olingan.
Bunda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.01.2025-yildagi PQ-12-son qarori asosida tuman bo'yicha 2025-yilda aholini kambag'allikdan chiqarishning maqsadli ko'rsatkichlariga asosan 1950 ta oila va ulardagi 8931 nafar aholi kambag'allikdan chiqariladi. Shu jumladan, 839 ta oila va ulardagi 3865 nafar aholi tadbirkorlarga doimiy ish o'rinlariga joylashtirish orqali, 668 ta oila va ulardagi 3866 nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilish orqali, 55 ta oila va ulardagi 246 nafar aholi "drayver" loyihalarni amalga oshirish orqali, 108 ta oila va ulardagi 498 nafar aholi qishloq xo'jaligi yerlarini ijaraga berish orqali, 135 ta oila va ulardagi 183 nafar aholi kasb-hunarga o'rgatish orqali bandligini ta'minlash, 1273 nafar aholi boshqa ishlar hisobiga kambag'allikdan chiqariladi.
2025-yil "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar daromadini oshirish bo'yicha amaliy ishlar olib borildi.
Jumladan;
Jami 1-chorak uchun 390 ta kambag'al oilalar hamda 1787 nafar aholini Kambag'allikdan chiqarish belgilangan bo'lib, 1-aprel holatiga 473 ta (121 foiz) kambag'al oilalarga va 2073 nafar (116 foiz) aholiga xizmatlar ko'rsatildi.
2-chorak uchun jami 623 ta kambag'al oilalarni Kambag'allikdan chiqarish belgilangan bo'lib, may oyi rejasi 215 ta kambag'al oila va 983 nafar aholiga xizmat ko'rsatish belgilangan. 1-iyun holatiga 403 ta (187 foiz) oila va 1786 ta (182 foiz) aholiga xizmatlar ko'rsatildi.
Iyun oyi rejasiga binoan, 234 ta kambag'al oila va 1072 nafar aholiga xizmat ko'rsatish belgilangan. 1-iyul holatiga 606 ta (259 foiz) oila va 2745 ta (256 foiz) aholiga xizmatlar ko'rsatildi.
Aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish yo'nalishida.
2025-yil tuman aholisi 173,8 ming nafarni tashkil etadi. Jami mehnat resurslari balansi tahlil qilinganda, 93,3 ming nafari mehnat resurslari, 72,3 ming nafari iqtisodiy faol aholi, 20,9 ming nafari iqtisodiy nofaol, 68,5 ming nafari band aholi (29,4 ming nafari rasmiy sektorda, 32,6 ming nafari norasmiy sektorda hamda 4,8 ming nafari xorijda vaqtincha ishlayotganlar), 3830 nafari ishsizlarni, ishsizlik darajasi 5,3 foizni tashkil qiladi. (Yil oxiriga qadar ishsizlik darajasini 5,0 foizga, ishsizlar sonini 3491 nafarga tushirish rejalashtirilgan).
Joriy yilning 1-iyul holatiga tumandagi ishsiz 8162 nafar fuqarolarning bandligi ta'minlandi. Ma'lumot o'rnida, 722 nafari doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi, 345 nafari kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitildi, 730 nafariga kredit va 6365 nafari o'zini-o'zi band qilish yo'nalishlariga jalb etildi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025- yilda aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 17.01.2025- yildagi PQ-12-sonli qaroriga asosan Xalq deputatlari tuman kengashining 27.01.2025-yildagi VII-6-5-7-92-K/25-sonli qarori bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq joriy yilda tumanda yangi ish o'rinlari yaratish va aholi bandligini ta'minlash bo'yicha 18724 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi belgilangan.
2025-yil yanvar-may oylarida yangi ish o'rinlari yaratilishi rejasi 7441 tani tashkil etib, amalda "yangiish.mehnat.uz" elektron platformasiga 8786 ta (118%) ish o'rinlari kiritilib, soliq organlari hisobotlarida o'z aksini topdi. Shundan:
- Tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida yangi sub'ektlar hisobiga tashkil etiladigan ish o'rinlari rejasi 4362 ta, amalda 5445 ta (125 %) kiritilgan.
- Investitsiya loyihalari sohasida reja 334 ta, amalda 311 ta (93%) kiritilgan.
- Qishloq xo'jaligi sohasida reja 2350 ta, amalda 2471 ta (105 %) kiritilgan.
- Qurilish sohasida reja 395 ta, amalda 559 ta (142 %)ni tashkil qiladi.
Dilfuza Mamadiyarova,
tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi boshlig'i.

DEPUTATLAR HAR JABHADA FAOLLIK KO'RSATISHMOQDA
- 02 июн, 14:04

XALQIMIZGA XIZMAT QILAYLIK!
- 29 фев, 13:39

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34

Har bir murojaat ortida inson borligini unutmaylik
- 11 авг, 10:34