XALQ DEPUTATLARI OQDARYO TUMANI KENGASHINING Q A R O R I O'zbekiston respublikasi prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-47-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsadli ko'rsatkichlar etib quyidagilar belgilangan.
Oqdaryo tumanida 2026-2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 10230 gektarga yetkazish, shundan 1830 gektar maydonda tomchilatib sug'orish, 2700 gektar maydonda yomg'irlatib sug'orish, 1200 gektar maydonda diskret sug'orish texnologiyalarini joriy qilish hamda 4500 gektar maydonni lazerli tekislash;
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish hisobiga har yili o'rtacha 10,5mln.m3 suv resurslarini tejash;
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish bo'yicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yo'lga qo'yish.
Suv xo'jaligi ob'yektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, suv tejovchi texnologiyalarni qurib beruvchi pudrat tashkilotlari tomonidan har bir loyihaga kamida 2 yillik kafolat muddati berilishi hamda 5 yil davomida servis xizmatlari ko'rsatilishi ustidan qat'iy nazorat o'rnatilishi belgilab qo'yilgan.
Tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi direktori O.Abdusamatovning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi kengash.gov.uz VII-27-36-7-92-K/26 to'g'risidagi 2026-yil 11-martdagi 05/41-sonli xatini, Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasining yig'ilish bayonini inobatga olgan holda, "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. Tuman "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi direktori O.Abdusamatovning O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-47-son qarorining tumandagi ijrosi to'g'risida 2026-yil 11-martdagi 05/41-sonli xati ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Suv bilan barqaror ta'minlangan hududda joylashgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ro'yxati 1-ilovaga;
suv bilan barqaror ta'minlangan hududda joylashgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar ro'yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari (O.Shodmonov)ga:
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish bo'yicha Xitoyning Shinjon tajribasi asosida mutaxassis kadrlar malakasini tizimli oshirishni yo'lga qo'yish vazifalari yuklatilsin.
4. Tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (O.Abdusamatov)ga:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-47-son qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Oqdaryo tumanida 2026-2028-yillarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan maydonlar hajmini 10230 gektarga yetkazish, shundan 1830 gektar maydonda tomchilatib sug'orish, 2700 gektar maydonda yomg'irlatib sug'orish, 1200 gektar maydonda diskret sug'orish texnologiyalarini joriy qilish hamda 4500 gektar maydonni lazerli tekislash;
2026-yil 1-oktabrdan suv tejovchi texnologiyalarni o'rnatish ishlari majburiy tartibda tasdiqlangan minimal talab va me'yorlar asosida amalga oshirilishi;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bo'yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni o'z vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman Soliq inspeksiyasi (M.Ruzimamatov), "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi (O.Abdusamatov)lar: 
2027-yildan boshlab sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismiga hamda baliqchilik xo'jaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlik sub'yektlari o'z mablag'lari hisobidan "aqlli" suv o'lchash va hisoblash vositalarini o'rnatishi majburiy etib belgilanishi;
"Aqlli" suv o'lchash va hisoblash vositalari o'rnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanishi;
2027-yildan boshlab, har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sug'oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta'minlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanishi;
suv bilan barqaror ta'minlanmagan hududda joylashgan sug'oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsient qo'llagan holda hisoblanishi;
suv bilan barqaror ta'minlangan hududda joylashgan sug'oriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun suv soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qo'llanilishi inobatga olinsin.
6. Ushbu qaror ijrosini ta'minlash tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari (O.Shodmonov), qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasi (R.Xusanov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi:                  Akbar Abdusaidov.
2026-yil 2-aprel VII-27-36-7-92-K/26       Oqdaryo tumani