Oqdaryolik Jasur Rahmatov jahon chempioni boʻldi

Bozorjoy mahallasida istiqomat qiluvchi Rahmatov Jasur Hasan oʻgʻli joriy yilning 30-iyun kuni Ukrainaning Kovliva shahrida oʻtkazilgan universal jang sa'natlari sport turnirida 66 kg vazn toifasida mutloq gʻolib deb topilib, chempionlik kamarini Oʻzbekistonga olib keldi. Kuni kecha sportchimiz keng jamoatchilik hamda tuman rahbariyati ishtirokida tantanali ravishda kutib olindi.
Tumanimizda Jasur kabi irodali va kuchli sportchilarimiz safi kengayaversin.