O'qing qiziq! ENG ULUG' MO'JIZA

Insoniyat yaratgan eng ulug' mo'jiza bu - kitob. Kitob orqali tarixni, qadim madaniyatni bildik, bilimimiz, dunyoqarashimiz shakllandi. Bugungi kunga kelib esa taraqqiyotni kitobsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Ota-bobolarimizdan bizga yetib kelgan ertaklar, rivoyat, maqol va dostonlarda kitob doim muqaddas narsalar qatoriga kiritilgan. Kitob non kabi qadrlangan. O'tgan asrlar xattotligi nihoyatda nozik did bilan amalga oshirilganki, kitoblarni o'qigan kishi ham xattotlik san'atidan bahra olgan.
Qadimda o'qimishli oilalar bolalarini maktablarga bergach, o'qishning har bir bosqichi tugagandan keyin bolalariga kitob sovg'a qilganlar. Kitobni asrash, undan foydalanishga ham katta e'tibor berishgan. Kitob maxsus lavhga qo'yib o'qilgan. Sababi kitobni ohista varaqlab ochish qulay bo'lgan, qayirib ochilmagan. Kitob betlari orasiga xatcho'plar qo'yib belgilashgan. Kitobga xattotdan boshqa kishining yozishi nojoiz hisoblangan. Har qanday muhtojlikka tushgan odam ham kitoblarini sotmagan. 

ENG UZUN AUDIO KITOB
Dunyoning eng uzun ovozli kitobi deyarli besh kundir. Kitob 2008-yilda Yaponiyada nashr etilgan va faylasuf, shoir hamda adabiyotshunos Takaaki Yoshi-moto tomonidan ma'ruza qilin-gan. Kitobning umumiy vaqti 115 soatu 43 daqiqadir.
DUNYODAGI ENG QIMMAT KITOB
Kutbert Yevangeliyasi
"Yevangeliya Kutberta"ning qo'lyozma nusxasi miloddan avvalgi VII-asrda paydo bo'lgan degan taxminlar mavjud. Nashr hajmi atigi 9 santi-metrdan 14 santimetrgacha boradi. Ushbu kitob 94 sahi-fadan iborat bo'lib, uning 42 sahifasiga 20 qator, qolgan sahifalariga esa 19 qator matn terilgan. Bugungi kunda ushbu noyob nashrni Britaniya kutubxonasidan topish mumkin. 
Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi” kitobi
“Lester kodeksi” VI asrning birinchi o‘n yilligida rassomning ilmiy izlanishlari natijasida yozilgan. U 72 sahifadan iborat bo‘lib, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalar aks ettirilgan. Shuningdek, unda Leonardoning kichik eskizlari tasvirlangan. Kitobni 1994 yilda Bill Geyts sotib oldi. Sababi, u kitobni dunyo bo‘ylab muzeylarda muntazam ravishda namoyish qilinishini istadi. Buning uchun Geyts 30,8 million dollar sarfladi.