Nogironligi bo'lgan shaxslar uchun yangi imkoniyatlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qarori nogironligi bo'lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash tizimini yaxshilashga qaratilgan.

Unga ko'ra:

Davlat tomonidan beriladigan texnik vositalar turi 18 tadan 30 tagacha kengaytirildi; 

Elektr aravachalar, yurish moslamalari, maxsus tibbiy qurilmalar ro'yxatga kiritildi;

Fuqarolarga bu vositalarni vaucher (yo'llanma) orqali tanlash imkoniyati berildi;

Mablag'lar to'g'ridan-to'g'ri xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlarga o'tkaziladi;

Bu qaror nogironligi bo'lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishiga yordam berishni maqsad qiladi.

Qarorning ahamiyati

Mazkur hujjat orqali:

Nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlari yaxshiroq qamrab olinmoqda;

Zamonaviy reabilitatsiya vositalariga kirish imkoniyati kengaymoqda;

Tanlash huquqi joriy etilib, inson manfaatlari ustuvor qilinmoqda;

Odamlar bundan rozimi?

Umuman olganda, bu qaror ijobiy baholanmoqda. Sabablari:

Ko'pchilik yangi vositalar ro'yxati kengayganini katta yangillik deb hisoblaydi. Ayniqsa, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun mustaqil harakat qilish imkoniyati oshmoqda.

Ma'lumot uchun: Tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan nogironligi bo'lgan va nafaqa yoshidagi shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari - 116 turdagi mahsulotdan 1141 nafar fuqaro ta'minlandi.

M.SAYFIDDINOV,

tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi bo'lgan shaxslar bilan ishlash sho'basi bosh mutaxassisi.