Savol - javob Men davlat tashkilotida ishlayman. Turmush o‘rtog‘im hech qayerda ishlamaydi. Turmush o‘rtog‘im uchun Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘lasam ish stajiga inobatga olinadimi

O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi  Qonunning 37- moddasi “а” bandiga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 oktyabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 46-bandiga muvofiq, quydagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Jismoniy shaxs tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan 2021 yil 1 iyundan keyingi davrda ishlamaydigan eri (xotini) uchun ixtiyoriy asosda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Jismoniy shaxs mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda to‘lash huquqiga ega.
Jismoniy shaxs tomonidan to‘langan to‘lov hujjatida uning ishlamaydigan eri (xotini)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.
Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Ijtimoiy soliq jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
   A.Djuraqulov
 Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi 
         Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.