Inson muhabbati

   Inson dunyoga kelganda va o’zligini taniganda  tabiiyki, borliqdagi har bir ne’matlariga mehr-muhabbat qo’yadi. Insonlarning muhabbati turli xil. Negaki, barcha insonlar ham bir-biriga o’xshamaydi. Masalan oilasiga, ota-onasiga, farzandlariga, sevgan yoriga, yaqin do’st-birodarlariga muhabbat bo’ladi. Inson muhabbati bu tabiiydir. Shu bilan birga odamzotga berilgan buyuk ne’mat hisoblanadi. 

  Muhabbat deganda, qalbimizda ajib his-tuyg’ular ummon kabi jo’sh uradi. Bu tuyg’ular mehr, bag’rikenglik, xushmuomalalik, qadrlash, yaxshi ko’rish kabi tuyg’ulardir. Inson muhabbati dunyoning o’tkinchi hoyu-havaslariga emas, yoningizdagi aziz insonlarga bo’lishini xohlardim. Aslida inson muhabbati chiroyli so’zlarda emas, qalbdan bo’lmog’i lozim. Shundagina, o’zingga bo’lgan ishonchni, qadr-qimmatni eng avvalo samimiylikni his qilasan. Bextiyor bunda diling yayraydi. Shuning uchun ham Allohim bizni ongli mavjudot qilib yaratgan. Bu bejiz emasdir. 

   Shunday ekan, biz insonlar bir-birimizga mehr-oqibatli bo’laylik.

                         Dilnoza Abduqodirova