Mutaxassis maslahati GELMINTLARGA QARSHI KURASHAMIZ

Bugungi kunda respublikamiz hududida bolalar o`rtasida gijja gelmintoz kasalligi ko`plab uchramoqda. Hozirgi kunda dunyo bo`yicha odam organizmida parazitlik qilib yashayotgan gijjalarning 270 dan ortiq turlari bor, lekin shulardan 40 turdagi gijjalar insonlarda doimiy   va sezilarli zararlanish o`choqlarini keltirib chiqaradi.
Tumanimizda 2-10 yoshgacha bo`lgan bolalarda gelmintoz kasalliklaridan Entirabioz vermikulars (qo`zg`atuvchisi-ostrisa) turi ko`p aniqlanmoqda.
Entrabioz muloqot orqali yuqadigan gijja kasalligi bo`lib, 2-10 yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`p uchraydi. Ostrisa bilan zararlangan bolalarda kechasi vaqti-vaqti bilan orqa chiqaruv teshigi atrofida, teri burmalarida tuxum qo`yadi, bu vaqtda orqa chiqaruv teshigi sohasida qattiq qichishish hosil bo`ladi, hojat vaqtida tirnoqlar orasiga ilashtirib oladi va natijada o`zini qayta-qayta  zararlaydi. Bolada kamqonlik yuzaga kelishi, yoshiga nisbatan bo`yining o`smasligi kabi holatlar kuzatiladi. 
Gelmintoz bilan zararlangan bolalarni sog`lomlashtirish, bolalarning salomatligi va ovqatlanishini yaxshilash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-iyuldagi "Aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida"gi PQ 5198-sonli qarori chiqarilgan edi. Shu asosida tumanimizdagi 2-10 yoshgacha uyushgan va uyushmagan bolalarning sog`lig`ini yaxshilash hamda tumanimizda ichak gelmintozi bilan kasallanishni kamaytirish maqsadida degelmintizatsiya gijjaga qarshi kurashish tadbirlari o`tkazilmoqda. Bunda ota-onalar albatta hududiy davolash profilaktika muassasalari   o`rta tibbiy uy hamshiralari tomonidan gelmintoz kasalligiga gumon qilingan 2-10 yoshli uyushgan va uyushmagan bolalar gelmintozga  laborator tekshiruvidan o`tkaziladi.
Tekshiruv natijasi musbat bo`lganda bemorga davlat tomonidan berilgan bir martalik antigelmint Albevorm (albendozol),Vermoks (mebendozol) tabletkasi shifokor nazorati ostida ichiriladi.
Hurmatli ota-onalar, farzandingiz sog`ligiga befarq bo`lmang.
Q.Qodirova,
tuman SEO va JS bo`limi parazitologiya 
laboratoriyasi mudiri.