G'AFLAT (Hikoya) Yunusi Imomnazar (Nurnazarov) (Davomi. Boshlanishi o‘tgan sonda)

Ikkilanmay yotoqxonaga bordim va taxminim to'g'ri chiqdi. Kollejga kiraverishda bir guruh yosh yigit-qizlar xalqa bo'lib qizg'in suhbatlashmoqdalar, mening qizim ham ular orasida edi. Bir bola mahkam qizimning belidan quchib olgan. Aminaning qo'li esa u bolaning bo'ynida edi.
Oyoq-qo'lim bo'shashib, beixtiyor yuzlarim qizarganini sezdim. Ularning turqu tarovati, qiy-chuvidan ko'ra, qizlarning tor va juda kalta ko'ylaklari g'azabimni keltirdi, hushim boshimdan uchdi.
Jahl ustida baqirdim:
- Amina!
Qizim ovozimni eshitdi-yu, dastlab taajjub bilan men tomonga nazar tashladi, keyin xohlanqiramay men tomonga yurdi.
-Qayerdasan qizim, nega uyga kelmayapsan?, - bazo'r qahrimni bosib so'radim.
- U yerda ziq bo'ldim, yotoqxonada vaqtim chog' o'tadi. Menga xona berdilar, sherigim ham yaxshi yigit.
- Yaxshi yigit? Ya'ni o'g'il bola bilan bir xonada yotasanmi?
- Nima qilibdi, hamma shunday.
- Tez uyga qayt! - Otashin bo'ldim men.
- Bugunoq kechda uyda ko'ray!.
- Yo'q! - ko'zimga tik qarab javob berdi u. - Meni majbur qilishga haqqing yo'q! (Otani sensiramoqda)
Ko'rdim, avzoyi juda buzuq, bu sarkash qizni zo'rlik bilan yo'lga solish mushkul, g'azabimni zo'rg'a bosdimda, o'zimni qo'lga olib dedim:
- Axir qizim, ayb bo'ladiku, onang va men tirik bo'lib...
- Nima ayb? O'n ikki yil fikr ham qilmadingiz, qayerdaman, nima ish bilan mashg'ulman, bir qari kampirning qo'liga tarbiyaga berdilaring. Haliyam mustaqil yashashimga va vaqt o'tkazishimga kampir norozilik bildirmaydi-yu, senlar xohlamaysanlarmi?
- Xohlaymanki, men bilan ishlaring bo'lmasin.
- Qizim, yodingdan chiqarma, nasl-nasabing Samarqanddan bo'lsa, musulmon qiz bo'lsang.
- Samarqandlik? Musulmon? Uch yoshli bolani Olmoniyaga olib kelib, o'z holicha yashatib, bu yerning urf-odatlari, madaniyatiga moslashgan paytda, musulmonchilikdan gapiryapsanmi? Agar mehribon ota bo'lsang, o'zing ayt, o'sha sunnat amallardan birortasini menga o'rgatdingmi?
Uning bu so'zlari jigarimni ezib yubordi. Bu aqldan begona, tentak qizga nima deyishim, nima ish qilishim kerakligini bilmay qoldim. Birinchi marta chuqur his qildimki, qizimning tarbiyasidan "g'aflat"da qolibman.
U haqiqatdan ham, tojikona odobdan yiroq, umuman bizga begona odob-axloq doirasi mahsuli edi.
Bir necha oy o'tdi hamki, qizim uyga qayt-madi. Onasining so'zlariga ham quloq solmadi, go'yo Amina bizdan batamom qo'lini yuvgan edi. Lekin, bezovtaliklar, yomon fikru xayollar bizga tinchlik bermas edi.
- Seni orzu-niyating yo'q edimi? - Bir kuni kechasi nihoyat zarda bilan Irodadan so'radim. - Shuni xohlaganmiding?
- Albatta yo'q. Ko'nglimning ko'chasiga ham kelgani yo'q ediki, qizim bir kuni bizlarni tashlab ketadi, deb. Lekin hozir ham undan norozi emasman. Amina yangicha hayot tartib-qoidalarini o'rganmoqda.
- Yangicha hayot?! Ya'ni o'n besh yoshli qiz ota-onani tark etib, begona millat bolasini quchog'iga ketishini yangicha hayot deysanmi?
- Unday so'zlamang, - behuzur bo'lib gapirdi Iroda. - Ko'rmayapsizmi, bu yerda hamma yevropacha yashaydi, hammasining hayoti bir xil. Bilaman, Amina bir tengqur yigit bilan bir xonada yashaydi, ammo bu ilmgohning qonun-qoidalaridan biri bo'lsa kerak. Yodingizdan chiqarmang, qizimiz ham talaba.
Irodaga qahr-g'azabli nigoh tashlab, dedim:
- Ming afsus, tomirlaringda Samarqand qoni oqayapti, deb o'ylardim, adashibman.
- To'g'ri, men Samarqand tojikiman, ammo sizga o'xshagan mutaassib, orqada qolgan emas, balki hur, ozod, ravshan fikr ayolman.
- Kun, haftalar shu zayl azobda o'ta boshladi. Iroda va meni janjalim esa tamom bo'lmas edi. Aslini olganda, xotinimning fikr-aqidalari bilan qanday murosa qilishni bilmay garang edim. Xususan, har zamonda Aminani oqlash maqsadida o'zini madaniyatli, zamonaviy ko'rsatishga urinishi qonimni qaynatib, g'azabga keltirar edi.
Nihoyat, xotinim Iroda ham meni tashlab ketdi. Endi bu yerda meni, g'arbona odatda yashayotgan qizim va o'zini badbaxt qilgan xotinimdan boshqa hech narsa yo'q edi. Ilhomlantiradigan biror bir narsa qolmagandi. Samarqandga qaytishga qaror qildim, ammo ko'nglim g'ash, notinch edi. Hanuz qizimdan ko'nglim xavotirda edi. Chunki bema'ni hoyu-havaslarga o'ralib, bu begona joylarda qanday yashar ekan. Shu vajdan, iloji boricha qizimga samimiy mehribonlik ko'rsatib, uni mehrini qozonishga, yaqinida bo'lishga azmu-qaror qildim.
Odatdagiday, bir kuni kechga tomon Aminani izlab, yotoqxonasi tomon yo'l oldim va "Modern" qahvaxonasi yonidan o'tayotib, ne ko'z bilan ko'rayki, qizim mast-alat, aqlu-hushidan begona, yana o'sha soqol qo'yib olgan o'zi pakana, g'o'labirday yigitning quchog'ida qahvaxonadan tashqariga chiqib kelayotir edilar. G'azabim qo'zib, beixtiyor mushtlarim tugildi.
Hech vaqt Amina qizimni bunday xor, past darajada ko'rmagan edim. Jahl bilan ularni quvib yetdimu, yigitning bo'g'ziga yopishdim, bor kuchim bilan to'g'ri kelgan joyiga ura ketdim. Hech fursat o'tmay kechki posbonlar keldilar va bizni polisiya idorasiga olib bordilar. O'z fikrimcha, polisiya ma'murlari men taraf bo'ladilar, chunki men qizimning or-nomusini himoya qilgan edimda, axir!!!
Afsuslar bo'lsinkim, voqealar rivoji tamoman boshqa tus oldi. Qizim ham shunday guvohlik berdi: "Bu erkak hech qanday sababsiz bizning oldimizga keldi, mening do'stimni urib mayib qildi". Polisiya idorasining mas'ul xodimi u yigit va qizimning ko'rsatmalari asosida meni aybdor deb topib hibsga oldi.
Men o'z aqlimga ishonmas, nihoyatda qiyin ahvolda qolgan edim va qayta-qayta o'zimga o'zim derdim: "Nahotki o'z qizim shu qadar boshqa bo'lib, bir begona bolani deb o'z otasini sotib yuboradi?!"
Keyingi kun polisiya boshlig'i mening hujjatlarimni sudga yubormoqchi bo'ldi, ammo ming iltimosu, zorlanishlar evaziga, bor pulimni jarima tariqasida to'ladim va o'sha yerning o'zida ishlarimni yakunladim. Keyin, dastlab, bor anjomlarimni sotib, Samarqand tarafga yo'l oldim...
Mana, bir necha muddat o'tdi-yu, bu yerda o'z vatanimda, qarindoshlar, do'stlar davrasida yashamoqdaman. Vatanning tarovatli havosidan chuqur-chuqur nafas olaman, atrofdagilarning odobu hurmatidan ko'nglim to'q, zavqlanaman. Xudoga shukur deyman, g'urbat, begona, yevropacha "jannat"dan qutuldim.
Xotinim va qizimdan ayrilganim uchun men katta yo'qotish bo'lsada, or-nomusli, samimiy munosabatli, qondosh vatandoshlarimni ko'rib yengil tortaman.
Ba'zi vaqtlar o'zimning Samarqand xalqini, u davlat bilan solishtirsam, ko'ramanki, bu ikki o'rtadagi juda katta tafovutlar mavjud. Ayniqsa, bu jamiyatdagi haqqoniylik va samimiyatni dunyoning hech bir nuqtasidan topa olmaysiz.
Tojikchadan Sobir AMIROV tarjimasi.

O'quvchilar ijodidan M E H R
- 13 мар, 10:29

AFRIKA TUYAQUSHI HAQIDA BILASIZMI?
- 18 дек, 15:15

SADOQAT VA VAFO TIMSOLI
- 01 мар, 10:26

O T A
- 25 янв, 14:03