Nogironlik pensiyasi olib turgan davrda mehnat stajiga ega bo'lgan fuqarolar uchun yangilik

"Inson qadri uchun" tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi bo'lgan shaxslarning daromadini oshirish, ularning mehnatini munosib rag'batlantirish va moddiy farovonligini oshirish hamda fuqarolarning pensiya ta'minoti bilan qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlarning oldini olish va korrupsiogen faktorlarni keltirib chiqaruvchi holatlarga barham berish maqsadida 2022- yil 26- oktabr kuni "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida"gi O'zbekiston Respub-likasining Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qara-tilgan o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartishlar kiritish haqida"gi O'zbekiston Respublikasining O'RQ-795-son Qonuni qabul qilingan.
Yuqoridagi Qonunga asosan 2023- yil 1- yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxs-larning pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik ish staji mavjud bo'lgan taqdirda ish staji va ish haqilarini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi.
Eslatib o'tamiz ushbu tartib faqat nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarimizga tadbiq etiladi.
To'liq ma'lumot olish uchun Pensiya jamgarmasi tuman bo'limiga kelib yoki bolimning (66) 492-53-91 raqamiga qo'ngiroq qilishingiz mumkin.
B.NORQULOV,
Byudjetdan tashqari pensiya jamgarmasi tuman bo'limi boshlig'i.