Adliya xabarlari O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O'RGANAMIZ

O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 47-moddasida "Har kim uy-joyli bo'lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko'rgan zararlarning o'rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta'min-lanadi.Davlat uy-joy qurilishini rag'batlantiradi va uy-joyga bo'lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi deb belgilangan.
Аholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta'minlash tartibi qonun bilan belgilanadi".Uy-joyga ega bo'lish huquqi shaxsning uzviy huquqlaridan biri hisoblanadi. Undan mahrum qilish sud qarori asosida amalga oshiriladi. Uy-joyi jamiyat va davlat ehtiyoji uchun olib qo'yilgan shaxslarga ko'rgan zarari to'liq qoplab berilishi shart.
Bunda sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga yo'l qo'yilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi mulkdorning erki-xohishidan qat'i nazar, majburiy tarzda bekor bo'layotganda qo'llanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqini bekor bo'lishiga sabab bo'luvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida ob'ektiv tarzda ko'rib chiqiladi. 
Davlat tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari va va aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga subsidiya berish tizimi joyiy etilgan.
Аholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nogironligi bo'lgan bolalari bor yolg'iz ota-ona, ko'p bolali oilalardagi ota-onalar, "Mehribonlik uylari" bitiruvchilari, nogironligi bo'lgan shaxslar, pensiyaoldi yoshidagi shaxslar, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar, odam savdosidan jabrlanganlar va hokazolar kiradi.
Х.Yaxshiboyev,
 tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.     
O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 45-moddasida "Har kim dam olish huquqiga ega  deb belgilangan.
Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi   ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgi-lash orqali ta'minlanadi".
Dam olish vaqti xodim mehnat majbu-riyatlarini bajarishdan ozod bo'lgan va o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanishi mumkin bo'lgan vaqtdir.
Dam olish vaqtining turlari quyidagilardan iborat:
-ish kuni (smena) davomidagi tanaffuslar;
-har kungi (smenalar oralig'idagi) dam olish;
-dam olish kunlari (har haftalik uzluksiz dam olish);
-ishlanmaydigan bayram kunlari;
-har yilgi asosiy va qo'shimcha mehnat ta'tillari;
-xodimning istagiga ko'ra dam olish kunida yoki ishlanmaydigan bayram kunida ishlaganlik uchun kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan ishdan bo'sh bo'lgan qo'shimcha kunlar, shuningdek qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin donorlarga beriladigan dam olish kuni.
S.Abdullayev,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i.
O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 31-moddasida Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega  deb belgilangan.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto'g'ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi to'g'risida qonunga xilof yo'l bilan to'plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas.          
Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo'yishni va ko'zdan kechirishni o'tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Uy-joyda tintuv o'tka-zishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
J.Xolnazarov,
tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti.