UNUTILMAS DO'ST

Azizning hayotida o'chmas iz qoldirgan do'stining ismi Davron. Afsuski, hayot unga adolatsizlik qildi. U umrining zavq-u shavqqa to'la bolaligini nogironlik aravasida o'tkazishga majbur. Hayotiga qora bulutdek kirib kelgan bu avtohalokat natijasida Davron juda ham tushkunlikka tushib qoldi. U kundan kun hayotdan sovib borar , uning nazarida endi hech qachon boshqa bola-lardek ko'chalarni changitib futbol o'ynay olmas edi. Ota-onasi Davronni oyoqqa turishi uchun qattiq harakat qilishdi. Uni Davronning o'ylashi bo'yicha barcha be-morlarni tuzatib yubora oladigan shaharga olib borishdi. U yerdagi shifokorlar xuddi Davronni oyoqqa tur-g'izib yubora oladi-gandek gapirishar, bu esa Davronni go'yoki qaytadan hayotga qaytarib yuborgandek xursand qilar edi. Davronning eslashi bo'yicha shifokor va ota-onasi ko'p pullar haqida gapirardi. Uni bu gaplar qiziqtirmas, bor xayoli yana chopqillab do'stlari bilan futbol o'ynay olishi mumkinligida edi.
Aziz Davronni bobosining qishlog'ida uchratgandi. O'shanda sakkiz yoshda edi. Maktab tomonidan o'quvchilarga ta'til berildi. Oilada yolg'iz o'g'il bo'lganligi uchun ota-onasi "o'g'limiz biz ishda vaqti uyda yolg'iz zerikmasin", deb bobo va buvisining yoniga yuborishgandi. Ular Azizni juda yaxshi ko'radi. Azizni ko'rgani borishganda u uchun shirinlik va o'yinchoqlar olib kelishardi. U ham bobo va buvisinikiga tez-tez borib turardi. Ular Azizni kelganini ko'rib juda quvonishdi, shirin qilib palov tayyorlashdi. Yangi kelgan qo'shnilarga ham bir tovoq palovni uzatib yuborishdi. Aziz hayron bo'lib buvisudan yangi qo'shnilar keldimi, deb so'radi.
- Ha juda ham yaxshi insonlar ekan. Ikkalasi ham o'qituvchi, ularning sen qatori o'g'li ham bor. Ismi nima edi-ya, ha, esladim Davron. Biram aqlli bola, sen u bilan do'st bo'lishing kerak,- dedi.
Ertasi kunidan qishloq hayoti Azizni zeriktira boshladi. U qishloqda birinchi marotaba bo'lishi emas, oldin uchratgan tanish bolalarni izlab ko'chaga otildi. Ko'chaning boshida gavjum bo'lib qishloq bolalari turishardi. Azizni ko'rgan bolalar avvaliga begona qilib turishdi, keyin esa davrasiga qo'shishdi. Ikki jamoaga bo'linib futbol o'yinini boshlashdi. Futbol o'g'il bolalar uchun zo'r o'yinda! Ko'cha chetidagi katta qayrag'och daraxti soyasida o'tirgan bolaga Azizning ko'zi tushdi. Xayoliga bir zumda "yangi qo'shni shu bo'lsa kerak", degan fikr keldi.
U rasm chizib o'tirgan Davron edi. Shuhrat ismli bola koptokni qattiq tepdi. To'p yumalab borib Davronning yonida to'xtadi. Shuhrat unga zaharxandalik bilan koptokni tepib yubor, dedi. U diqqatini buzmasdan suratini chizishda davom etardi. Bunday munosabatni kutmagan Shuhrat asabiylashgancha yugurib borib Davron o'tirgan stulni tepdi. U o'tirgan joyidan yiqildi. Aziz bunga jim turolmadi. Davronning yoniga yugurib bordi-da, unga qo'lini uzatib o'rnidan turishiga yordamlashdi. U turishga qiynalardi, deyarli yerda o'tirgan holda turardi. Shuhrat qilgan ishidan uyaldi shekilli, yuzlari qizardi. Jimgina koptokni olib o'yinni davom ettirgani bolalar yoniga yugurdi. U o'tirgan stulga e'tibor bergan Aziz nogironlar aravasi ekanligini tushundi. Aravachaga o'tirishiga yordamlashguncha ko'zini u chizayotgan suratdan olib qocholmadi.
- Bu suratlarni sen chizdingmi?,-dedi.
- Ha, men chizdim.
- Qoyil, zo'r chizarkansan.
- Rahmat, oyim o'rgatgan. Isming nima?
- Mening ismim Aziz. Sening isming Davron emasmi?
- Ha, qayerdan bilasan.
- Bobom va buvim sen haqingda aytishgandi,- dedi. Shu tariqa Davron bilan yaqin do'st tutindi. Unga bog'lanib qolgan edi. U bilan suhbatlashish juda maroqli. Doim Davron orzusi haqida gapirardi. Ular o'zlarini yaqindan tanib borish imkoni ta'til muddati tugab, maktabda darslarning boshlanguncha davom etdi.
Aziz Davronni eng yaqin do'stlari qatoriga allaqachon kiritib ulgurgandi. Shahar uni o'ziga tortardi: u yerda jonajon maktabi va sinfdoshlari kutishardi. Kun kelib Davronni albatta o'zi orzu qilganidek mashhur futbolchi bo'lishiga ishonardi. Davron doim shu qishloqda bo'lishini aytdi. Endi Aziz u bilan har ta'tilni birga o'tkazishga tayyor edi. Buning uchun u har galgidek keyingi ta'til kelishini intizorlik bilan kutayotgandi...
Shahzoda Omonova,
1-umumta'lim maktabining
10-sinf o'quvchisi.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BAXT KALITI O'ZIMIZDA
- 11 янв, 13:53

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00