Boshlang'ich ta'lim - bilimlar poydevori TA'LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA OTA-ONA VA MAKTAB HAMKORLIGI

Bugungi kunda ta'lim muassasasida boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishda ota-ona va maktab hamkorligidagi olib borilgan ishlar   samaradorligi hamda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasidagi ijobiy munosa-batlar, pedagoglar o'rtasidagi o'zaro uslubiy hamkorlik dolzarb vazifa hisoblanadi. Negaki, boshlang'ich  ta'limning natija-dorligi, samarasi ta'lim muassasasining o'sishi va rivojlanishi omilidir.
O'quvchilarni ongi-yu qalbi bir toza daftar misol - unga nima yozsak, nima bilan to'ldirsak, shu bilan boyib boradi. Bolaning shuurini uning yoshiga mos fikrlar, cho'g'day g'oyalar bilan to'ldirishda boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'rni beqiyosdir .
Ma`lumki, tarbiya ko`proq ta`lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg`usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo`ladi va bu orqali o`quvchilar ma`naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g`urur, matonat, mehr-oqibat, do`stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo`ladi. Ana shunday yuksak fazilatlarni bolalar qalbiga joylashdek mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan fidoiy o'qituvchilar bilan hamkorlikda oilada ta'lim tarbiyani to'g'ri yo'naltira  borayotgan ota-onalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'rni muhim ahamiyat kasb etadi.
"Ta'limni - tarbiyadan, tarbiyani - ta'limdan ajratib bo'lmaydi" - bu sharqona qarash falsafasidir. Shunday ekan, boshang'ich ta'limda bola tarbiyasidek og'ir, mashaqqatli jarayonda pedagoglar faoliyatiga ota-onalarning asossiz aralashuvi, pedagogik faoliyatga xalaqit berishi bola tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi tajribalardan ma'lum bo'lgan. Bu borada ta'limda qat'iy qarorlar qabul qilingan. Bola yoshidan ustozga hurmat, ustozga ixlos qilish tushunchalari oilada singdirilsa, ijobiy natijalarga erishiladi.
Ota-ona va maktab, ustoz hamkorligini rivojlantirish orqali ta'lim tizimida ustozlar zimmasida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- Ta'lim oluvchining dunyoqarashini shakllantirish, ularning bilim egallash samaradorligini oshirish;
- ta'lim oluvchining rivojlaninshida ijtimoiy talablarga javob bera olish;
- ta'lim jarayonida tizimlilikni ta'minlash;
- ta'lim oluvchini mustaqil va kreativ fikrlashga o'rgatish;
- ta'lim oluvchi ehtiyojlarini tushunish, ularda bola yoshidan estetik did, jismoniy sog'lomlik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rivojlantirish;
- ta'lim oluvchining muhim qarorlar qabul qilishda tanqidiy fikrlashlarga o'rgatish tushunchalarini singdirish;
- ta'lim oluvchining qiziqishlarini o'rganish va undagi bor iste'dod va intilishlarni yuzaga chiqarish;
Ta'lim oluvchilarning bunday talablarga javob bera olishida o'qituvchining pedagogik hamkorlikni yo'lga qo'yishi hamda inno-vatsion metodlardan o'rinli va maqsadli qo'llay olishi ko'zda tutiladi. O'zida "Men"i kuchli bo'lgan o'quvchilar bilan individual yondashishda ota-onalar hamkorligi zarur. Tajribalar shuni tasdiqlaydiki, bunday o'quvchilar ota-onalarida ham shunday xislatlar mavjud bo'lib, ta'lim jarayoniga bir qancha muammoli vaziyatlar olib kelishi mumkin. Bunday alohida e'tibor talab qiluvchi o'quvchi va uning ota-onasi bilan muloqotlarni ijobiy yo'lga qo'yishda ta'lim muassasasi rahbarlari, psixologlarning   bir qancha vazifalari mavjuddir. Ta'lim-tarbiyaning izchilligini ta'minlashda, mavjud har qanday kichik muammolarni joyida bartaraf etib borish ijobiy natija beradi, pedagogik ziddiyatlar oldi olinadi.
Ta'lim-tarbiyaning muvaffaqiyatli olib borilishida ota-onalar zimmasida ham quyidagi vazifalar amalga oshirilib boriladi:
- ta'lim oluvchilarning kundalik rejim asosida kun tartibini belgilab berish;
- ta'lim oluvchilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirib borish;
- ta'lim oluvchilarni maktabning ichki tartib qoidalariga bo'ysunishga o'rgatish;
- qoidalar hamma o'quvchi uchun tenglik tushunchasini singdirish;
- ta'lim oluvchilar mehnat va dam olish, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati  o'rtasida o'zaro mutanosiblikni qaror toptirishga erishish;
- ta'lim oluvchilarda ongli axloq intizom tushunchalarini qaror toptirishga erishishdan iboratdir.
Ota-onalar hamkorligidagi eng muhim vazifalardan biri, o'quvchilarning xulq atvorida ijobiy natijalarga erishib borish bilan ta'limni o'z vaqtida o'zlashtirilib borilishiga erishishdan iboratdir. Intizom o'quv ishlariga g'oyat katta ta'sirini ko'rsatadi. Darslarda muntazam ishtirok etish, mashg'ulotlarga kech qolmaslik, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarilishi, dars jarayonlarida intizomli bo'lish holatlari ta'lim jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
Boshlang'ich ta'limda tarbiya jarayonida bir qancha qiyinchiliklar bola psixologiyasi hamda toliqishda organizmlarning har xilligi bola fiziologiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Shuni e'tiborga olgan holda mahoratli pedagog dars jarayonlarini tashkil etishda ba'zi vazifa va topshiriqlarni o'quvchining o'zlashtirish darajasiga moslashtirish, tabaqalashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Sarvinoz  Shayimova,
56-maktab boshlang'ich ta'lim  o'qituvchisi.