Kitob o'qing! u insonga maslahat bera oladi


Sh.Mirziyoyev.
Insonga kitob deb atalmush bu buyuk ne'mat in'om etilganki, uning ahamiyatini boshqa biror narsa bilan qiyoslab bo'lmaydi.
Kitob - insonning eng yaqin do'sti, maslahatchisi, bilim manbai va fikrlash qurolidir. Kitob o'qiydigan odamning so'z boyligi katta bo'ladi, o'qish insonni dadillashtiradi. Kitob o'qish ulug'vor kuch, quvvat manbai hisoblanadi. Kitob haqida har qancha gapirsak kam, uni o'qigan inson o'tmishdan boxabar bo'ladi va kelajakka teran nigoh bilan qaraydi. Biz uchun eng zarur va eng hamroh bo'lgan bu kitob insonlar tarixida kashf etilgan eng buyuk, eng qadrli, zamonlar o'tsada o'z qadrini yo'qotmagan mo'jizadir. Ayniqsa bolaligidanoq, kitobga mehr qo'ygan insonlarning o'z o'rni, odamlar orasida obro'-e'tibori o'zgacha bo'ladi. Buyuk shoir, mutafakkir A.Navoiy hazratlari yozganidek, "Kitob - beminnat ustoz, bilim va ma'naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai". Oilada ota-onaning farzandi uchun kitob mutolaa qilib berishi , insoning o'zi uchun kitob mutolaa qila olishi o'zi va farzandlari uchun eng katta yaxshiligidir. Badiiy adabiyotlar, bola dunyosining rivojlanishida muhum ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'qish va o'rganishida katta roli bor. Farzandimizga kitob o'qishni targ'ib etishimiz emas ,balki ularga o'rnak bo'lishimiz kerak. Shu jumladan tumanimizda aholi uchun xizmat ko'rsatib kelayotgan Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida tashkilotlarga ko'chma kutubxonalar, joylarda kitobxonlik targ'ibotlari, imkonyati cheklangan kitobxonlar uchun «Mehr kutubxonasi» loyihasi asosida ularning uylariga borib yangi adabiyotlar bilan tanishtirib borilmoqda hamda kitobxonlik ko'rik-tanlovlari o'tkazilmoqda.
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, hozirgi sharoitimizda kitobning ahamiyatini kitobxonlar uchun yanada oshirish, insonlar xonadonlari javonlaridan o'rin olishlari bugungi kun talabidir. Kitob har qanday sharoitda ham o'z kuchini saqlab qolishi lozim. Inson hayotida birinchi o'rinda non bo'lsa, ikkinchisi kitobdir. Ayni damda insonyat virtual olamga qaram bo'lib qolayotgan bir davrda bizni va yoshlarimizni qutqara oladigan yagona najot bu kitobdir, kitobga oshno qalblardir. Kitob insonning tabiati mohiyati bilan bog'liq bo'lgan buyuk mo'jizadir. Inson bor ekan, kitob ham qay bir shaklda yashayveradi.
Sh.Otamurodova,
tuman Axborot-kutubxona markazi Abonimentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi.
Мавзуга оид:

"YOSHLAR - KELAJAGIMIZ VA ISTIQBOLIMIZ POYDEVORI"
- 07 июл, 13:39

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00

21-oktabr O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
- 21 окт, 10:27