Fidoiy o‘qituvchilar – jamiyatning nurli yo‘lboshchisi

(Noila Abduxakimova timsolida)
Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti, avvalo, ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq. Zero, bilimli va barkamol avlodni tarbiyalash bevosita o‘qituvchining zimmasiga yuklatilgan muqaddas vazifadir. Shu bois fidoyi, izlanuvchan va o‘z kasbiga sadoqatli ustozlar har qanday jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi.
Ana shunday jonkuyar pedagoglardan biri — Noila Abduxakimova. U yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbiga bo‘lgan yuksak muhabbati, mas’uliyati va tinimsiz izlanishlari bilan ajralib turadi. Har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi orqali o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirib kelmoqda.
Ustozning yana bir muhim fazilati — o‘quvchilarga individual yondashuvidir. Noila Abduxakimova har bir o‘quvchining qobiliyatini inobatga olib, ularni qo‘llab-quvvatlaydi, ruhlantiradi va mustaqil fikrlashga undaydi. Ayniqsa, qiyinchilikka duch kelgan o‘quvchilarga mehr bilan yondashib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashi tahsinga sazovordir.
2025-yil 24-sentabr kuni uning mehnatlari munosib e’tirof etilib, “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu yutuq uning fidokorona mehnati va kasbiga sadoqatining yorqin ifodasidir.
Noila Abduxakimova doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi, yangi bilim va tajribalarni o‘zlashtiradi hamda ularni amaliyotga joriy etadi. U o‘quvchilarda nafaqat bilim, balki vatanparvarlik, insonparvarlik va yuksak ma’naviy fazilatlarni ham shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, Noila Abduxakimova kabi fidoyi ustozlar tufayli kelajagimiz ishonchli qo‘llarda. Ularning mehnati va mehr-muhabbati natijasida jamiyatimiz uchun yetuk, ongli va barkamol avlod voyaga yetmoqda.
Rabbimova Dinora,
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
O‘zbek filologiyasi fakulteti talabasi
Yoshlar – jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi kuchi
- 03 апр, 10:20
ZAMONAVIY SIFATLI TA'LIM - DAVR TALABI
- 29 янв, 10:11
PSIXOLOG MINBARI Stressiz ta'lim nima?
- 15 янв, 10:40




