"Mahorat maktabi" tashkilotchilari bilan hamkorlikda seminar-trening bo'lib o'tdi
- 17.09.2021, 10:08
- Таълим
- 418
-

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari uchun bugun Oqdaryo tuman Pedagogika kollejida "Mahorat maktabi" tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy yetuk kadrlar tayyorlash MAHORAT MAKTABI BILAN” deb nomlangan seminar-trening bo'lib o'tdi. Seminar-trening O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirining 2019 yil 30 avgustdagi "Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlarining ish hujjatlari to'g'risida" gi 155-sonli buyrug'ining ijrosiga qaratildi. "Mahorat maktabi" a’zolari N.Mardiyeva, M.O’raqova, N.Nuritdinova, N.Karimovalar tomonidan 2021-2022-o'quv yilida maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog-xodimlari ish hujjatlarini yuritilishi yuzasidan seminar o’tkazildi. Seminarga Oqdaryo tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi 28 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti metodistlari, tarbiyachilari va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari jami 50 nafar xodim qatnashishdi. Seminarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining ish hujjatlarining yuritilishiga slaydlar orqali tushunchalar berildi. Seminar-treningda pedagoglar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. "Mahorat maktabi"ning faol a'zolari esdalik sovg'alar bilan rag’batlantirildi.