"SOLIQCHI - KO'MAKCHI" TAMOYILI ASOSIDA

Tuman davlat soliq inspeksiyasiga 2022-yil uchun byudjet daro-madlariga 74.2 mlrd. so'mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 80,3 mlrd. so'mlik tushum ta'minlandi va prognoz ko'rsatkichi 108,3 foizga (6,1 mlrd. so'm ortig'i bilan) bajarildi.
Masalan, 4-chorakda byudjet daromadlariga 22.9 mlrd. so'mlik reja belgilangan. Haqiqatda esa 24,1 mlrd. so'mlik tushum ta'minlandi va prognoz ko'rsatkichi 105,4 foizga (1,2 mlrd. so'm ortig'i bilan) bajarildi. 
Aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha belgilangan 1,8 mlrd. so'mlik reja haqiqatda 1,9 mlrd. so'm (103,9 foiz)ga bajarilganini ta'kidlash joiz. 
O'tgan davrda 50 ta tadbirkorlik sub'yektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 75 tasiga 123.5 mln. so'mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to'lovini qaytarish, 92 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo'yicha amaliy ko'mak berildi.
Tuman bo'yicha 2022-yil dekabr holatiga 718 nafar jismoniy shaxs o'zini o'zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada xizmatlar sohasi yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo'nalishda 650 kishi o'zini o'zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Telegram messenjeridagi Soliqchi-komakchi  guruhi orqali soliq to'lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, dekabr oyida Soliqchi-komakchi guruhida 96 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi. 
O. Ilyosov,
 tuman davlat soliq
inspeksiyasi boshlig'i.