"KUTUBXONA - NURXONA"

Dunyoda har qaysi davlat, har qaysi xalq, birinchi navbatda o'zining intellektual salohiyati, yuksak ma'naviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti - kitob va kutubxonalardir.
SH.Mirziyoyev.
Xalqimizning turmush madaniyatini oshirishda, ularni ma'naviy dunyosini boyitishda Axborot-kutubxona muassasalarining o'rni beqiyosdir. Axborot-kutubxona muassasalarining ijtimoiy vazifasi hozirgi kun talabidan kelib chiqib, tobora kengayib bormoqda. Axborot-kutubxona muassasalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri - yangi zamon kishisini yetuk malakali mutaxassis, madaniyatli va ma'rifatli inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Kutubxona kitobxonlik madaniyatini va badiiy adabiyot targ`ibotini yuksaltirishda muhim o`rin tutadi. Tuman Axborot -kutubxona markazining fondlari keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar bilan muntazam to'ldirilib borilmoqda va shu orqali kitobxonni ko`paytirishga intilmoqdamiz.
Kutubxonalar kishilar qalbida ezgulik, yaxshilik, saxovat, sadoqat, mehr-muhabbat, oqibatni singdirishga xizmat qiladi. Zulmatga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashga undaydi. Kutubxonachi yosh avlodni, kitobxonlarni asrlar davomida yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan keng tanishtirish va ularga bo`lgan qiziqishini shakillantirish hamda ushbu asarlarni targ`ib qilishi kerak. Har bir kishi bemalol foydalana olishi uchun esa kutubxonalar hammabop bo`lishi kerak.
Shuningdek, bugungi kutubxonachi dunyo miqiyosida kutubxonalar faoliyatidagi yangiliklar va yutiqlardan boxabar bo`lishi lozim. Qolaversa, mushtariylar so`ragan kitobni shunchaki javondan topib berish bilan cheklanmasdan, yoshlarni, kitobxonlar-ni talabini tezda anglash va to`g`ri maslahat yoki taklifni beradigan zakovatli shaxs bo`lishi lozim.
"Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir", degan edi nemis yozuvchisi S.Sveyg. Kitoblar barcha zamonlar uchun eng zarur narsa, qalblar malhami, bilimlar xazinasi, donishmandlik chashmasi bo`lgan va bo`lib qolaveradi. Kitob yordamida insoniyat o`z serqirra faoliyatining barcha jabhalarida tajriba to`plagan, odamlar kitobning beqiyos madaniy, ilmiy, ma`rifiy va tarbiyaviy rolini munosib baholaganlar. Kitob - insoniyatning so'zdagi va xatdagi tarixi. Kutubxona esa ilm-fan, bebaho boylik, aql xazinasi va shu xazina jo bo'lgan ma'naviy ma'rifiy maskandir. Kutubxonachilar mana shu xazinaning xazinabonlaridir. "Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir. Kitob balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi".
Bu so'zlar Muhammad Jabalrudiy qalamiga mansub va ular hikmat darajasidadirlar. O'quv dargohi bir ulkan qalb bo'lsa, shu qalbga NUR olib kiruvchi maskan bu kutubxonadir.
Dilnora Urinova,
tuman Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari.
Мавзуга оид:

QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54

Yoshlarga oid davlat siyosatida tarbiyaning ahamiyati
- 02 май, 14:18

Referendumga tayyorgarlik qizg'in
- 04 апр, 12:08

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00