YOZ - O'TMOQDA SOZ

Yoz mavsumi ayniqsa, bolalar uchun o'zgacha shodlik va shukuh olib keladi. Shu boisdan ham bolajonlarning har tomonlama barkamol bo'lib o'sib-ulg'ayishida maktabgacha ta'lim muassasalarida yozgi sog'lomlashtirish mavsumini ko'ngildagidek o'tkazishga alohida e'tibor beriladi.

Bu borada tuman maktabgacha va maktab ta'limiga qarashli 4-maktabgacha ta'lim tashkilotida ham bolajonlarning yozgi sog'lomlashtirish mavsumini har tomonlama ko'ngildagidek o'tkazishlari uchun bir qator qiziqarli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, muassasamizda yaqinda o'tkazilgan "Suv bayrami" tadbiri ham bolajonlarimizga manzur bo'ldi. 

Tadbirda suv qiroli "Neptun" mehmon bo'lib keldi. Bolajonlar o'zlarining she'r, qo'shiq va raqslari bilan faol ishtirok etishib, tadbirning yanada ko'tarinki va bayramona o'tishini ta'minladilar. O'zlarining ham kayfiyati yuqori darajada bo'lgan o'g'il-qizlar tadbir so'ngida suv o'yini o'ynashib, suvning harorati   ularining quvonchiga quvonch, kayfiyatiga kayfiyat qo'shdi.

Shuningdek, tashkilotning kichik va o'rta guruh bolajonlari o'rtasida ham sport musobaqasi tashkil etildi. Bu tadbir ham bolajonlarimizning jismonan va aqliy rivojlanishiga yaqindan yordam berishi bilan bir qatorda yozgi mavsumning mazmunli o'tishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.     


Nigora SAMANDAROVA,

                        4-MDTT tarbiyachisi.