XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARINI TABRIKLAYMIZ

Shu munosabat bilan bugun 45-maktabda tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosari Ch.Ortiqova hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri G’.G’aniyevlar ishtirok etib, maktab jamoasini mazkur yutuq bilan qutlagan holda o‘qituvchilarga va o‘quvchilarga Oqdaryo tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan kitoblar jamlanmasi esdalik sovg‘alari hamda Oqdaryo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limining faxriy yorliqlari topshirildi.
Ushbu g’alaba bilan 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim maktabining jamoasini maktab kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti ham tabriklaydi.
Nilufar Burxanova,
45-maktab kasaba uyushmasi raisi.
Мавзуга оид: