Inson va qonun INSON HAYOTIGA ZOMIN BO'LGAN "HAYDOVCHI"
Ma'lumki, bugungi kunda kishilarning transport vositasiga bo'lgan talab va ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda. Shunday bo'lsada, transport vositalarini haydovchilik guvohnomasisiz boshqarishga hech kimning haqi yo'q ekanligini har bir kishi juda yaxshi biladi. Ming afsuski, jamiyatimizda ayrim shaxslar ushbu qonun-qoidalarga amal qilmasdan turib, avtotransport vositalarini boshqarayotganligi, buning oqibatida esa yo'l-transport hodisalari sodir etilishiga sababchi bo'lishayotganligi ayanchli holdir.
Sudlanuvchi Qahramon Temirov (ismi-sharifi o'zgartirilgan) 2024-yil 28-may kuni soat 5:30 lar chamasida o'zida transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi yo'qligini bila turib, o'ziga tegishli bo'lgan "Neksiya" rusumli avtomashinani "O'rtaqishloq" mahallasi hududidan o'tgan "Samarqand-Buxoro" M-37 avtomobil yo'lining 31-kilometrida boshqarib borib, amaldagi yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzadi. U ushbu yo'nalishda avtomashinani boshqarish jarayonida hushyorlikni yo'qotib, uxlab qolganligi sababli yo'lning o'rta qismida bo'lgan beton to'siqqa avtomashinaning old qismi bilan urilib, yo'l-transport hodisasi sodir qilgan. Natijada, avtomashinada yo'lovchi sifatida ketayotgan R.Sh. og'ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo'lovchilar M.M, A.G. va A.M.lar yengil tan jarohati olishgan.
Sudlanuvchi Qahramon Temirov, O'zbekiston Respublikasi JK 266-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
T.ALMAMATOV,
jinoyat ishlari bo'yicha viloyat
sudining sud'yasi.
B. POLVANOV,
tuman sudining raisi.
Jinoyat va jazo LOVIYA O'G'RILARI QO'LGA TUSHDI
- 25 авг, 11:56
QONUN USTUVOR, JAZO MUQARRAR - BU NIMA?
- 12 май, 09:54