ELEKTRDAN TO'G'RI FOYDALANING!

Tahlillarga nazar tashlasak, bugungi kunda tumanimizda sodir bo'layotgan yong'inlarning qariyb 48.6-foizi elektr tokidan va qurilmalaridan foydalanish qoidalariga amal qilmagan holda hamda nosoz elektr qurilmalaridan foydalanish yoki qoidalarini bilmaslik oqibatida kelib  chiqmoqda. Bunday ayanchli ko'rsatkichni  kamaytirish, fuqarolarimizni "tilsiz yov"dan asrash maqsadida kundalik turmushda  elektr tokidan va qurilmalaridan xavfsiz foydalanishda bir qator qoidalarga amal qilish lozim.

Ochiq elektr simlaridan foydalanmaslik, chordoq ostidan o'tgan sim va kabellar atrofida yonuvchan materiallar saqlamaslik, har xil turdagi (mis va alyumin) sim va kabellarni bir-biriga ulamaslik, elektr qalqonidagi saq-lagichlarni iste'molga mos ekanligini muta-xassislar tekshirib ko'rishi, o'zboshimchalik bilan elektr tarmoqlarini tortmaslik kabilar shular jumlasidandir.

Tumanda sodir bo'lgan yong'inlarning ko'p qismi aholi yashash xonadonlaridagi elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo'lishi oqibatida kelib chiqmoqda.

2025-yil 18-iyul holatiga ko'ra, Oqdaryo tumanida 37 ta yong'inlar sodir bo'lgan bo'lib shulardan 18 tasi elektr qurilmalarining nosozligi hamda yashash uyiga tortilgan elektr simlari eskirganligi, qo'lbola qilib ulangan joylarida qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqgan.

Aziz hamyurtlar! Elektr manbaiga bir vaqtning o'zida bir nechta iste'molchini ulamang, nosoz elektr qurilmalaridan foyda-lanish ham hayot uchun katta xavf tug'diradi. Tungi vaqtda elektr qurilmalarini yoqilgan holatda qoldirmang. Yashash xonadoningizdagi elektr simlarini o'z vaqtida yangilang!

Yashash uyingizni yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilib yong'inga qarshi devorlar va oraliq masofalarni saqlagan holatda qurishlaringizni tavsiya qilamiz.

Yuqorida aytib o'tilgan qoidalarga amal qilsangiz, o'zingiz, oilangiz va moddiy boyliklaringizni yong'inlardan asragan bo'lasiz.  


N.Voxidov,

tuman FVB katta inspektori, kapitan.       

Mutaxassis tavsiyasi


Мавзуга оид: