Mutaxassis ogohlantiradi ELEKTRDAN TO'G'RI FOYDALANING

Ochiq elektr simlaridan foydalanmaslik, chordoq ostidan o'tgan sim va kabellar atrofida yonuvchan materiallar saqlamaslik, har xil turdagi (mis va alyumin) sim va kabellarni bir-biriga ulamaslik, elektr qalqonidagi saqla-gichlarni iste'molga mos ekanligini muta-xassislar tekshirib ko'rishi, o'zboshimchalik bilan elektr tarmoqlarini tortmaslik kabilar shular jumlasidandir.
Tumanda sodir bo'lgan yong'inlarning ko'p qismi aholi yashash xonadonlaridagi elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo'lishi oqibatida kelib chiqmoqda.
2023-yil 18-yanvar kuni soat 12:31 da tuman-dagi «O'zbekiston» MFY da yashovchi M.J.ning yashash xonadonida yong'in hodisasi sodir bo'ldi. Yong'in natijasida yashash xonadonning ichki va tom qismidan 40 m.kv joyi hamda xona ichidadi uy ro'zg'or buyumlari yonib zararlandi. Yong'in kelib chiqishiga sabab, yashash uyiga tortilgan elektr simlari eskirganligi, qo'lbola qilib ulangan joylarida qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.
2022-yil 20-aprel kuni soat 22:37 larda tumandagi Yangiqo'rg'on MFYda yashovchi fuqaroning yashash xonadonida yong'in hodisasi sodir bo'ldi. Yong'in natijasida yashash xonadoni ichki va tom qismidan 110 m.kv. joyi yonib zararlandi. Yong'inni kelib chiqishiga sabab yashash xonadoni tom qismidan tortilgan elektr simlari eskirganligi, yaroqlilik muddati o'tganligi sababli elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo'lishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlandi. Ushbu yong'inning hajmi ortib ketishiga yashash uyi xonalari yong'inga qarshi devorlari bo'l-maganligi sababli yong'in maydoni kengayib ketishiga sabab bo'lgan
Aziz hamyurtlar! Elektr manbaiga bir vaqtning o'zida bir nechta iste'molchini ulamang, nosoz elektr qurilmalaridan foydalanish ham hayot uchun katta xavf tug'diradi. Tungi vaqtda elektr isitish qurilmalarini yoqilgan holatda qoldirmang. Yashash xonadoningizdagi elektr simlarini o'z vaqtida yangilang!
Yashash uyingizni yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilib, yong'inga qarshi devorlar va oraliq masofalarni saqlagan holda qurishlaringizni tavsiya qilamiz.
Yuqorida aytib o'tilgan qoidalarga amal qilsangiz, o'zingiz, oilangiz va moddiy boyliklaringizni yong'inlardan asragan bo'lasiz.
N.Voxidov,
tuman FVB NTB boshlig'i, kapitan.
Мавзуга оид:

Nodavlat tashkilotlari qanday faoliyat yuritadi?
- 25 янв, 13:30

BINOLARNING YONG’INGA CHIDAMLILIGI
- 21 июн, 13:21

TUMAN AHOLISIGA МUROJAATNOMA
- 02 дек, 14:56

Mutaxassis ogohlantiradi
- 27 окт, 11:57

SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00