Ajoyib urf-odatlar BUNAQA TO'YNI BIRINCHI KO'RISHIM!
Bugun Yaponiyadagi yaqin do'stlarimdan biri uylandi. Yigitning kaktusi 49 yosh. Kelin bola 23 yosh. Ikkalasi ham bizning kompaniyada ishlashadi. Bugun o'sha to'yga borib yeb-ichib, o'ynab, gumbura-qasir qilib kelmadim. Chunki, to'y qilishmadi. (Pastlar, yo'q-yo'q oddiygina pastlar desak to'g'ri kelmas ekan. "P" harfiga kuchli urg'u berib "PPPPPassssst" deb ko'ring-da, xuddi shunaqa pastlar)) Orzu-havasi yo'q, zamondan orqada qolganlar) Lekin bor-ku, aslida bular past emas, butun umrini 1 kunlik to'yga tikib yuborayatganlar pastmi, deyman-da).
Umuman, Yaponiyada yashab juda ko'p to'ylarni ko'rdim, eshitdim.
"Dekichatta kekkon" (Qiz-yigit o'ynashib qo'yib, bola bo'lib qolsa qilinadigan to'y).
"Reai kekkon" (Ikki yosh bir-biriga ko'ngil qo'yib qurilgan turmush).
"Omiai kekkon" (Kelishilgan turmush. Ya'ni: qiz va yigitning oilasi "Tanakaxonning qiziga uylansang ham uylanasan, uylanmasang ham uylanasan. Satou bobong ko'zi ochiqligida to'y ko'rsin. Bir bexosiyat bola bo'lding-da, sen. Kasal-pasalmasmisan?" deb majburlab uylantirib qo'yish. Yaponiyada bu turdagi turmush oldin juda ommalashgan bo'lgan. Hozir bitta-ikkita uchrab qolmasa, deyarli yo'q).
Xullas, shunga o'xshash bir nechta turlari bor. Ana endi, to'ylari ham ajoyib. 50-60 kishi bilan o'tadigan to'ylar juda ommalashgan. Yana bir ommalashgan turi - 10-15 kishi faqat eng yaqin oila a'zolari bilan o'tkazadi. Bulardan ham ommalashgani - shunchaki ZAGSdan o'tishadi. Hujjatni qo'llariga olishadi, bo'ldi. To'y-po'y qilishmaydi.
Bugungi to'y ulardan ham ajoyib ekan. Hozir, yoshlar orasida ommalashib, yangi nom ham qo'yib olishibdi. fotokon - ya'ni foto - rasm, kon -turmush. Bu to'y qanday bo'ladi?
Ikkala yosh bitta Mardon rasmchiga iltimos qiladi. Salonga borib kelin-kuyov kiyimlarini olishadi. Mardon rasmchi kelib chiroyli joylarda rasmga olib ketadi. Bo'ldi. Mardon rasmchi uyiga ketadi, ikkita yosh kechki ovqatni birorta milliy taomlargami, lavashxonagami borib qiladi. Ana sizga to'y-u, mana sizga valasapit.
Bu gaplarni nega gapirayapman? Yaponlarning har-xil bizning qadriyatlarga to'g'ri kelmaydigan to'y-u turmushlari o'zini yo'liga. Ammo, to'yni kamchiqim, kam odam qilib o'tkazishi, pulni isrof qilmasligi, vaqtini, umrini, energiyasini bitta to'yga sovurib yubormasligini o'rgansak bo'larkan. Ha, qaysi biriga siqilamiz?
Ey, ushbu postni o'qib turgan sho'rpeshona bo'ydoq. Yapon yoshlari o'ylab topgan fotokonga o'xshab, bitta nikohdan-zagsdan o'tib keling-da, "To'y-po'y yo'q. Salomat bo'linglar!", deb yuboring. Odamlar dang'illatib to'y qilsangiz ham, qilmasangiz ham gapirib ketadi. To'yni qo'ying, u-bu kim o'lib qolsa "Shunaqa sovuqda ham o'ladimi? Bevaq-tisoat o'lmay o'l", deb ham gapirishadi.
Barchalaringizga baxt va taxt tilayman. Uvali-juvali bo'lib, moshovadek aralashib, qo'shganingiz bilan qo'sha qarib yuringizlar).
Bahodir ISKANDAROV
Мавзуга оид:
Bugunning gapi QOG'OZBOZLIKNI YO'Q KO'RGANI KO'ZIM...
- 26 ноя, 20:44
AFRIKA TUYAQUSHI HAQIDA BILASIZMI?
- 18 дек, 15:15
Turmush chorrahalarida QIZALOG'IM DILBARGINAM
- 10 авг, 11:46
SHE'R QANDAY YOZILADI?!
- 12 авг, 14:00



